Go'zal xulq fazilati
Olloh taolo o‘zining suyukli Payg‘ambarini maqtab, u zotta bergan ulug‘ ne'matini shunday eslatadi:«Albatta Siz ulug‘ xulq ustidadirsiz» (Qalam, 4).
Oisha roziyallohu anho aytadi: «Rasululloh solallohu alayhi vasallamning xulqi Qur'on edi» (Muslim rivoyati).
Bir kishi Payg‘ambar alayhissalomdan go‘zal xulq haqida so‘radi. Rasululloh ushbu oyatni o‘qidilar:«Afv-marhamatli bo‘ling, yaxshilikka buyuring va johillardan yuz o‘giring!» (A'rof, 199).
Keyin dedilar: «Go‘zal xulq - aloqani uzgan (qardoshing)ga bog‘lanmog‘ing, sendan qizg‘angan kishiga bermog‘ing, senga zulm qilganni kechirmog‘ingdir» (Anas rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom dedilar: «Men go‘zal xulqlarni kamoliga yetkazish uchun yuborildim».
Yana aytdilar: «Qiyomat kunida mezonning taqvo va husni xulq turgan pallasi naqadar og‘ir bo‘ladi!» (Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari).
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘rashdi:
- Badbaxtlik nima, yo Rasulalloh?
- Yomon xulq! dedilar» (Imom Ahmad rivoyati).
«Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga:
- Menga nasihat qiling, dedi.
- Doimo Ollohdan qo‘rq! dedilar.
- Yana nasihat qiling, dedi u kishi.
- Yomonlikning izidan uni o‘chiradigan bir yaxshilikni ergashtir!
- Yana nasihat qiling.
- Odamlarga go‘zal xulq bilan muomala qil, dedilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallam» (Termiziy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalomdan so‘raldi:
- Amallarning afzali qaysi?
- Go‘zal xulq! dedilar.
Fuzayl ibn Iyoz aytadi: «Payg‘ambar alayhissalomga:
- Falonchi ayol kunduzlari ro‘za tutadi, kechalari bedor bo‘lib, namoz o‘qiydi. Biroq uning xulqi yomon: qo‘shnilariga tili bilan aziyat yetkazadi, deyishdi.
Shunda Rasuli akram:
- Uning bu ishlarida xayr yo‘q. U ayol jahannam ahlidandir, dedilar»
Abu Dardo dedi: «Rasulullohning shunday deganlarini eshitdim; «(Qiyomatda) taroziga qo‘yiladigan narsalarning eng avvalgisi go‘zal xulq va saxovatdir. Olloh taolo Iy-monni yaratdi. Shunda Iymon: «Ey Ollohim, meni quvvatlantir» dedi. Olloh uni go‘zal xulq va saxovat bilan quvvatlantirdi. Olloh taolo kufrni yaratdi. Shunda kufr: «Ey Olloh, meni quvvatlantir» dedi. Olloh uni baxillik va yomon xulq bilan quvvatlantirdi» (Hadisning boshqa rivoyati Abu Dovud va Termiziy «Sunan»ida keltirilgan).
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: «Olloh bu dinni O'zi uchun tanladi. (Ya'ni bu dinning har bir amali xolis Olloh uchun bo‘lishi lozim.) Karam va go‘zal xulq bo‘lsagina Olloh diningizni isloh qiladi. Bas, diningizni karam va go‘zal xulq bilan ziynatlang» (Doruqtuniy rivoyati).
Payg‘ambar alayhissalom shunday dedilar: «Odamlarga mollaringiz bilan emas, ochiq chehra va go‘zal xulq bilan yuzlaning» (Bazzor rivoyati).
Umar roziyallohu anhu dedi: «Go‘zal axloqingiz bilan odamlarga qo‘shiling, solih amallaringiz bilan ulardan ajrab turing».
Yahyo ibn Muoz aytadi: «Yomon xulq yonida qancha yaxshiliklar bo‘lsa ham foyda bermaydi. Yaxshi xulq yonida qancha yomonliklar bo‘lsa ham zarar bermaydi».
Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan: «Mukarramlik nima?» deya so‘raldi. «Olloh taoloning Kitobida bu haqda shunday deyilgan, dedi Ibn Abbos va quyidagi oyatni o‘qidi: «Albatta sizlarning Olloh nazdida eng hurmatlirog‘ingiz taqvodorrog‘ingizdir» (Hujurot, 13).
- Hasab nima? deya so‘raldi,
- Orangizda kimning xulqi go‘zal bo‘lsa, hasab (mavqe-martaba) jihatidan eng afzalingiz o‘shadir. Har bir binoning asosi bo‘ladi. Islomning asosi - go‘zal xulq».
Ato deydi: «Baland darajaga faqat go‘zal xulq bilan yetiladi. Hech bir kishi Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoda bo‘lganidek go‘zal xulq kamoliga erishmagan. Solihlar go‘zal xulq bilan Olloh taologa yaqin bo‘lishgan».
Abu Homid Razzoqiyning "Riyozatun nafs" kitobidan foydalanildi
Tomdi tuman bosh imom xatibi: Qo'ldashev Nurali Eshmamatovich