Muhabbatning haqiyqi ta'rifi
Bugun biz payg‘ambarlar haqida o‘qiyapmiz. Tarixlarini o‘rganyapmiz. Siyratlari bilan tanishyapmiz. Har kuni bilganlarimizga nedir qo‘shiladi, bilimimiz oshadi. Da’volarimiz ham shunga yarasha. Faxr bor, ammo fahm yo‘q. Aql joyida afsuski, xush yo‘q. Afsuski, ertalab umrimizning eng g‘ayratga to‘la damlarini oxirat uchun emas, dunyo uchun musobaqalashib o‘tkazamiz. Balki bugun qorin to‘qu, ko‘zlar och. Noz-ne’matlar bisyoru, baraka yo‘q. Jamoat jamu, fayz kam bo‘lishi shundanmikin?
Rasululloh sallollohu alayhi vasallam shunday dedilar: “Allohga qasamki, meni ota-onangiz, farzandlaringiz va molu dunyolaringizdan yaxshiroq ko‘rmaguncha haqiqiy mo‘min bo‘la olmaysizlar”.
Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning ozod qilgan qullari Savbon roziyallohu anhu Rasuli akramni qattiq yaxshi ko‘rar, firoqlariga sabr qilolmas edi. Bir kuni Savbon Rasulullohning huzuriga yuzlari qizargan va titragan holda kirib keldi. U zot Savbonning bu holatini ko‘rib, sababini so‘radilar. Shunda Savbon: “Betob emasman, ammo ozgina vaqt sizni ko‘rmay qolsam, dahshatga tushyapman. Mana hozirgina oxiratni esladim.
Shubha yo‘q, siz jannatda payg‘ambarlar bilan birga bo‘lasiz. Men, garchi Alloh rahmat qilib jannatga kirsam ham, siz bilan bo‘lolmayman. Chunki sizning manzilingiz baland. Agar jannatga kirolmaydigan bo‘lsam, keyin sizni hech qachon ko‘ra olmayman. Oxiratda holim ne kechishini o‘ylab titrab ketyapman”, dedi. Shunda ushbu oyat nozil bo‘ldi: “Kimda kim Alloh va payg‘ambarga itoat etsa, ana o‘shalar Alloh in’omlariga sazovor bo‘lgan zotlar – payg‘ambarlar, siddiqlar (haq-rost iymon egalari), shahidlar va solihlar bilan birga bo‘lurlar. Ana o‘shalar eng yaxshi hamrohlardir.” (Niso surasi, 69).
Darhaqiqat Rasululloh sallollohu alayhi vasallam darajalariga hech kim yetolmaydi. Lekin rahmati keng, avfi ulug‘ zot suyukli rasuliga ilhom berdi. Allohning habib rasuli esa bu xushxabarni ummatlariga yetkazdi.
Anas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: “Bir a’robiy payg‘ambar huzuriga kelib so‘radi: “Qiyomat qachon bo‘ladi?” “U kun uchun nima hozirlading”, dedilar Rasuli akram. “Alloh va rasuliga muhabbat!” deya javob berdi. Shunda Rasululloh: “(Jannatda ham) yaxshi ko‘rganlaring bilan birga bo‘lasan!”, dedilar”. (Muttafaqun alayh.)
Demak ayni muhabbat tufayli biz Alloh taoloning diydoriga, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom bilan abadiy birga bo‘lish saodatiga erishamiz. Shunday ekan, savol tug‘iladi: “Bu muhabbat qanday hosil bo‘ladi, qanday kuchayadi?..”
Keling, mazkur hadisga yana murojaat qilaylik. A’robiy Alloh Rasulidan qiyomatning vaqtini so‘radi. Rasululloh ajib bir hikmat bilan bizga ibrat bo‘ladigan tarzda so‘rovchining e’tiborini so‘ralayotgan narsadan muhimroq ishga qaratdilar.
Sahobalar haqiqiy mo‘min bulish ishtiyoqida muhabbatni namoyish qilish bilan emas, balki muhabbat bilan band edilar. Bunga misol ko‘p.
Payg‘ambar alayhissalom dunyodan o‘tganlaridan keyin bir ayol kelib Oyisha onamizdan Rasulullohning qabrlarini ko‘rsatishlarini iltimos qildi. Oyisha onamiz muborak qabrni ko‘rsatganlaridan keyin u ayol qabr yoniga borib, qabrni o‘pgan holida jon taslim qildi...
Bilol habashiy Rasululloh vafotlaridan keyin azon aytolmadilar. “Ashhadu anna Muhammadar Rasululloh” deyishlari bilan xushdan ketaverdilar...
Alloh va rasuliga bo‘lgan muhabbat qalb siridir. Bu sir qancha ichkarida bo‘lsa, muhabbat shuncha kuchli bo‘ladi. Amallar bu sirni yashmradi. So‘zlar oshkor qiladi. Alloh uchun qilayotgan amalimizni O‘zi bilsa bas. Chunki payg‘ambarimiz shunday edilar.
U zotga muhabbatimiz chin bo‘lsa, sunnatlari bilan yashab, siyratlari bilan sifatlanaylik.
Tomdi tuman bosh imom xatibi: Qo'ldashev Nurali Eshmamatovich