Duo qabul buladigan vaqt va holatlar
Duo qiluvchi yil ichidan Arafa kunini, oylar ichidan Ramazon oyini, hafta ichidan Juma kunini, tun soatlaridan sahar vaqtini g‘animat bilishi lozim. Alloh taolo: “Saharlarda ular (Allohdan) mag‘firat so‘rar edilar”, deb marhamat qilgan (Zoriyot, 18). Rasululloh (s.a.v.) aytadilar: “Alloh taolo har kecha, kechaning oxirgi uchdan biri qolganida “Kim menga duo qiladi, Men unga ijobat qilay, kim Mendan so‘raydi, Men unga (so‘ragan narsasini) beray, kim Mendan kechirim so‘raydi, Men uni kechiray”, deydi” (Muttafaqun alayh).
Abu Hurayra (r.a.) bunday degani rivoyat qilinadi: “Saflar Alloh yo‘lida jipslashganida, yomg‘ir yoqqanda, farz namozlari ado etiladigan vaqtlarda osmon eshiklari ochiladi. Bu paytlarda duo qilishni g‘animat biling”. Mujohid (r.a) aytadi: “Namoz eng yaxshi vaqtga belgilangan. Shuning uchun namozlardan so‘ng duo qilishni qo‘ymang”.
Payg‘ambar (a.s.): “Azon va iqomat orasidagi duo rad qilinmaydi” (Abu Dovud, Termiziy rivoyati); “Ro‘zadorning duo-si qaytarilmaydi” (Termiziy, Ibn Moja rivoyati), deganlar.
Haqiqatda, vaqtlar holatlar sababli sharofatga ega bo‘ladi. Zotan, sahar vaqtida qalb sof, ixlosli va chalg‘itadigan narsalardan xoli bo‘ladi. Arafa, juma kunlari esa himmatlar birlashadigan, qalblar Alloh azza va jalla rahmatiga bir bo‘lib yuzlangan vaqtlardir. Sajda ham duo ijobatiga yaqin holatlardan. Abu Hurayra (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning bunday deganlarini rivoyat qiladi: “Banda Rabbisiga eng yaqin bo‘ladigan holati sajda qilgan vaqtidir. Bas, shu vaqtda duoni ko‘paytiring” (Muslim rivoyati). Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar (a.s.) aytdilar: “Men ruku’ yoki sajda qilgan vaqtimda Qur’on o‘qishdan qaytarildim. Ruku’da Rabbni ulug‘langiz, sajdada esa duoni ko‘paytiring, u vaqt duolaringiz ijobat bo‘lishga yaqin vaqtdir” (Muslim rivoyati).
Tomdi tuman bosh imom xatibi: Qo'ldashev Nurali Eshmamatovich