MEHR OQIBAT

16-03-2022, 15:26 admin Мақолалар 2 966

MEHR OQIBAT
Jamiyatdagi barcha insonlar bir-biri bilan munosabatda bo‘lar ekan, ularning o‘rtasida mehr oqibat va o‘zaro ishonch bo‘lsagina hayotlari yanada go‘zallashib boraveradi. Insonning qadr-qimmati uning mehr oqibati bilan baholanadi. Qancha boy-badavlat yoki mansabdor bo‘lmasin, u insonni mehr-oqibati bo‘lmasa, qadr-qimmati, obro‘si bo‘lmaydi.
Inson mehr-oqibatni avalo o‘z ota-onasidan oladi, o‘rganadi va yaqinlariga ota-onasiga  o‘sha olgan mehrini qaytaradi. Mehr ko‘rmay katta bo‘lgan kishilarda mehr berish ham kamroq bo‘ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsak bemehr inson bo‘ladi. Unday insonlarga yaqinlari tomonidan ko‘proq e'tibor, ko‘prok mehr berilsa, yaxshi tomonga o‘zgaradi inshaаlloh. Paygambarimiz Muxammad sоllаllohu alayhi vasallamdan bir kuni sahobai kiromlar so‘radilar: “Dunyoni nima qutqaradi ey Allohning rasuli?” Shunda Rasululloh sоllаllohu alayhi vasallam; “Dunyoni mehr, rahm-shafqat qutqaradi”,  dedilar.
Hatto, gul yoki ko‘chat eksangiz ham, unga mehr berib tarbiyalamasangiz kerakli natijaga erisha olmaysiz. Shunday ekan azizlarim, bir-birimizdan mehr oqibatimizni darig‘ tutmaylik. Sarvari olam, Payg‘ambarimiz Muhammad sоllаllohu alayhi vasallamning bir xadislarida  shunday rivoyat kilinadi: “Rasululloh sallollohu alayhi vassalam sahobalar bilan birga o‘tirganlarida, bir guruh odamlar tobutda mayyitni ko‘tarib o‘tib qoldilar. Shunda ul zot kim vafot etganini so‘radilar va mayyitni kim ekanligini bildilar. Shunda mayyit yaxshi sifatlar bilan eslandi. Bu holatni kuzatib turgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “vojib bo‘ldi”, dedilar. Yana boshqa safar ham xuddi shunday bir guruh odamlar tobutda bir mayyitni ko‘tarib o‘tdilar. Faqat bu safar u mayitni yomon fe'l va xulqlari aytildi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yana:  “vojib bo‘ldi”, dedilar. Shunda: “nima vojib bo‘ldi ey Allohning rasuli”, deb so‘radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Birinchi marta olib o‘tilgan mayitni yaxshiliklari haqida guvohlik berdilaringiz,  u mayyitga jannat vojib bo‘ldi. Ikkinchi marta olib  o‘tilgan mayyit haqida  yomonliklarini zikr qildingiz, unga do‘zoh vojib bo‘ldi. Sizlar Allohning yerdagi guvohlarisizlar”, dedilar.

Karmana tumani "UYROT"MFY otinoyisi K. Axtamova.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш