Barcha dinlar ichida ilk bor ilmning inson hayotidagi o‘rniga ahamiyat bergan va ilmga keng yo‘l ochgan din – Islom dinidir.

20-05-2022, 20:27 admin Мақолалар 487

Barcha dinlar ichida ilk bor ilmning inson hayotidagi o‘rniga ahamiyat bergan va ilmga keng yo‘l ochgan din – Islom dinidir.

Islom – ilm dinidir. Insoniyatga qiyomatgacha dasturul amal bo‘lgan Qur’on Karimning ilk oyatlari ham bunga
yaqqol dalil bo‘ladi.
Muqaddas dinimizda ilmning va ulamolarning o‘rni beqiyos. Dunyoning muvozanatda turishligi ham Allohni qalbiga joylagan, taqvodor ulamolarga bog‘liq, chunki olimlar buzilsa olam buziladi.
Ali raziyallohu anhu ta’birlari bilan aytsak, u zot shunday degan edilar: "Olim ro‘zadordan ham, namozlarida qoim namozxon va mujohiddan ham afzalroqdir. Agar olim vafot etsa Islom darz ketadi, u yoriqni faqatgina ilmli o‘rinbosargina yamashi mumkin"
Darhaqiqat Allohdan qo‘rqadigan, ilmga xiyonat qilmaydigan ulamolarimiz bor ekan, bizlar taraqqiyot va farovonlik sari odimlab boraveramiz.
Insoniyat tarixiga nazar solsak, olamshumul yangiliklarning aksari Qur’on Karimni yaxshi o‘zlashtirgan musulmon ulamolar tomonidan kashf etilganini ko‘ramiz. Bu ham bejiz emas albatta, chunki Qur’on Karim bizlarni saodatga eltguvchi osmondan yerga tortilgan Allohning arqonidir.
Ilmni meros olgan kishi barcha yaxshilikni qo‘lga kiritibdi, zero ulamolar oyati karimadagi bu dunyodagi "yaxshilik"ni ilm va ibodat deb tafsir qilganlar. Alloh taolo ilm sababli olimlarni oliy qilib, yaxshilik amallarga yo‘lboshlovchi qiladi. Farishtalar, jamiki xayvonlar, parrandalar, dengizdagi baliqlar xattoki ho‘l—quruq narsalar borki barcha—barchasi olimning ilmi sababli unga istig‘for aytadi.
Ilm qalblarning hayoti va ko‘zlarimizning nuridir. Alloh taolo barchalarimizni hadisda keltirilgan olimlardan bo‘lib Allohning rahmatiga noil bo‘lishimizni nasib aylasin!"Dorul Misriya Lubnoniya" nashriyoti manbasi asosida

Tomdi tuman bosh imom xatibi:
Qo'ldashev Nurali Eshmamatovich
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Муфтий ҳазрат Ислом олами уюшмаси Олий Кегашига аъзо бўлдилар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш