Hijrat nima? Hijratning diniy va dunyoviy mazmuni.

26-04-2020, 11:21 admin Мақолалар 5 487

Ezgulik dini bo’lgan Islom dini kishilarning tinchlik va barqarorlikka, o’zaro birlik va hamjihatlikka, bag’rikenglikka, millatlararo totuvlikka targ’ib qiladi.Biroq bugungi kunda muqaddas dinimiz niqobi ostida ekstremizm va terrorizm yo’lida foydalanish hollari avj olayotganligini afsus bilan qayd qilmaslikning iloji yo’q. Bu jarayonning eng xatarli jihati muqaddas Islom dinini siyosiylashtirish vositasida hokimiyatga intilish, dindan insonlar orasida nifoq solish, fitna chiqarish, qo’poruvchilik ishlarini amalga oshirish va g’arazli manfaatlarni ro’yobga chiqarishda foydalanishga urinishlarda namoyon bo’lmoqda.
Olimlarning tadqiqotlariga ko’ra zamonaviy ekstremistlar tomonidan ilgari surilayotgan “davatlar” (“hijrat”, “jihod” va “shahidlik”) turli yo’l usul va ijtimoiy psixologik omillarga jiddiy e’tibor bergan holda yillar davomida aniq reja bilan tizimli ishlab chiqilganini ko’rsatadi. Ular o’zlarining manfur g’arazli g’oyalarini ilgari surishda “hijrat” va “shahidlik”ga targ’ib qilib, shu uslublardan foydalanmoqdalar. Bu esa turli buzg’unchi turli radikal oqimlar, guruhlar va to’dalar o’zlarining ekstremistik vayronkor g’oyalarini mintaqamiz aholisi ongiga singdirish maqsadida intilayotganini tasodif emasligini ko’rsatadi va bundan ogoh bo’lishimizga undaydi.
Qachonki, g’oya, qarash, fikr ijobiy mohiyatga ega bo’lganda ulkan bunyodkorlik quvvatini namoyish etsa, buzg’unchi mazmunni ifodalaganda dahshatli vayronkorlik qudratiga ega bo’ladi. Shularni inobatga olib, so’nggi vaqtlarda internet tarmog’ida juda ko’plab ”jihodning vojibligi” hamda “hijrat” qilish haqida turli fitnalar, asossiz gap-so’zlar, nayranglar ko’payib borayotganligi, bunday fitnalarga g’alamis kimsalarning yovuz niyatlariga aldanmasliklari uchun “hijrat qilish” tushunchasi haqida quyidagilarni ma’lum qilishni lozim topdik.
Hijrat masalasi o’ta nozik masalalardan hisoblanadi. Aqiydada haddan oshib g’uluvga ketganlar “hijrat qilmaganlar kofirdir” degan gapni odamlar ichida keng tarqatishgan va tarqatib yurishibdi ham. Ular bu xassoslik bilan yondashishlikni talab qiluvchi tushunchani dalil va hujjat bilan tushunmagan yoki tushunsada tan olmaydiganlardir. Ular dalil qilib keltirayotgan oyat va hadis qo’rqitish ma’nosidagi matnlardandir. Bu kabi oyat va hadislardan hukm chiqarish uchun asl hukmlarga qaytiladi. Asl hukm bo’yicha, ahli tavhid do’zaxda abadiy qoladigan kofir bo’lmaydi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam musulmon bo’lgan arablarni O’zlari tomon hijrat qilishga amr qilmaganlar va o’z yurtlarida turishlarini inkor qilmaganlar. Bu, takfirchilarning gapiga kuchli raddiyadir. Bu masala bo’yicha hadislar va turli fikrlarni o’rganib chiqqan ulamolar quyidagi hukmni bayon qilganlar. “Musulmonning dorul harbda muqim turishi uning Islomiga future yetkazmaydi. Faqat, dini xavf ostida qolgandagina bundan mustasno. Ya’ni, dinini oshkora zohir qilish imkoni qolmasa, hijrat qilish lozim bo’ladi.
Yurtimizda bugungi kunda 2042 ta masjidlarning xalqimizga xizmat qilib turganligi, Yurtimizdagi o’g’il va qizlar uchun o’rta maxsus islom bilim yurtlari, Toshkent islom institute va Toshkent islom Universiteti, shuningdek, mamlakatimizda bunyod etilayotgan islom madaniyat va ma’rifat markazlari, Yurtimiz bo’ylab barcha joylarda diniy ibodatlar emin-erkin ado etilayotganligi, e’tiqod erkinligining insonni quvontiradigan ravishda keng ta’minlanganligi. Buzg’unchi guruh va oqim vakillarining g’arazli va fitnali vayronkor g’oyalari asossiz ekanligini ko’rsatadi.
Bas, shunday ekan, aslida musulmon bo’lgan yurtlarda namozini o’qib, ro’zasini tutib boshqa o’ziga farzi ayn bo’lgan hukmlarga amal qilib yurgan musulmonlarni “Hijrat qilmasang, kofir bo’lasan!” deyish qayerdan chiqqan?!
Shunday ekan yoshlarimizni ogoh etib bu fitnalarga aldanmaslikka chaqirib qo’yish har birimizning vazifamizdir.
Xulosa o’rnida aytish joizki, ekstremizm va terrorizm bugungi kunda global xarakterga ega bo’lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solmoqda. Shunday ekan, uning oldini olish, unga qarshi kurashish insoniyatning istiqboliga daxldor masalaga aylandi. Hamda kishilarning jamiyati oldida bir qator vazifalarni yuklaydi. Ushbu vazifalarga to’xtalib, Muhtaram marhum Birinchi Prezidentimiz “Birinchi galda, terrorchilarni tayyorlaydigan zaminga, g’oyaga mafkuraga e’tibor berish, shularga qarshi kurashish kerak. Bolalarimizning ongini va hayotini buzadigan, ertangi kuniga mutlaqo ishonchini yo’qotadigan mana shunday g’oyalarga qarshi biz qurol bilan emas, g’oya bilan kurashishimiz zarur”,-deb ta’kidlagan edilar.
Shu nuqtai nazardan qaraganda hozirgi kunda aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tegishli targ’ibot-tashviqot ishlarini olib boorish, diniy mutaassiblikning mohiyati, tarixi, zamonaviy ko’rinishi, g’oyaviy-aqidaviy asoslarini tahlil qilish mamlakat ziyoli qatlami, shu jumladan, diniy xodimlar zimmasiga ham yuklatilgan ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.

Zarmetan МФЙ otinoyisi О. Akramova
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш