ILMNING MOHIYATI VA INSON HAYOTIDAGI O'RNI

25-03-2022, 10:25 admin Мақолалар 11 051

ILMNING MOHIYATI VA INSON HAYOTIDAGI O'RNI
Ilm so'zi lug'atda "bilish, anglash, tushuncha hosil qilish, bir narsaning haqiyqatini, mohiyatini bilish" kabi ma'nolarni anglatadi. Shuning uchun islom ulamolari ilmga "haqiqatni xuddi voqelikdagidek idrok etish-ilmdir" deb tarif berishgan.
Kishilik hayotini ilmsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Qur'oni karimda ilm so'zi 811 o'rinda zikr qilingan. Bu esa Alloh taoloning naznida ilmning naqadar muhimligini ko'rsatadi.
Ilm-eng fazilatli amaldir, chunki u ikki dunyo saodatining kalitidir. Inson ilm va ma'rifat bilangina chinakam yetikdir. Insonning hayotini to'g'ri yo'lga solmagan, uning fe'l atvorida, amalida ta'siri bilinmagan, to'g'ri yo'lga yetaklamagan ilmda yaxshilik va hayr-baraka yo'qdir. Shuning uchun o'rganilgan emas, amal qilingan ilm haqiqiy ilm sanaladi.
Alloh taolo insonni aql va idrokda butun maxluqlaridan mukarram aylab, unga Yerdagi hamma narsani bo'ysindirib qo'ydi. Rasululloh (s.a.v) o'zlarining muborak hadisi shariflarida: "Mo'min kishi Alloh taolo naznida farishtalardan ham mukarram va afzaldir"-deganlar.
Inson vujudidagi moddiy tarafni isloh qilish bilan birgalikda ma'naviy jihatni ham yoddan chiqarmasligi lozim. Agar moddiy tomon ma'naviy tomondan ustunlik qilsa, kishi haqiqatni anglamay qoladi, farosat, aql idrok ko'zi berkiladi va ma'naviy xastalikka uchraydi. Bu xastalikni davolashning birdan bir yo'li esa tarbiya chashmalaridan qonib suv ichish ya'ni mustahkam bilimga suyanish, ularni o'rganib, qat'iy amal qilishdir.
Imom Buxoriy bobimzning Qur'oni karimdan keyngi ikkinchi manba sifatida ko'riluvchi "Sahihul Buxoriy" asarning "Ilm kitobi'' qismi birinchi bobi "Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) darajalarga ko'tarur" (Mujodala surasi, 11 oyat) oyati bilan boshlagan bo'lib, mazkur oyatda imon so'zi ilmdan muqaddam keltirilgan. Bu esa imon va ilm bir-biri bilan chambarchas bog'liqligi, ilm olishdan maqsad jamiyatning taraqqiyoti va oxirat saodati ekani, imonsiz ilm esa insoniyatga zarardan boshqa narsa keltirmasligi bayon qilingan.
Robbim barchamizni ikki dunyo soatiga eltadigan manfaatli ilmu-marifati bilan siylasin.

Tomdi tuman bosh imom xatibi: Qo'ldashev Nurali Eshmamatovich
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш