Yoshlar tarbiyasi — jamiyatdagi muhim masala!

5-02-2022, 11:53 admin Мақолалар 2 672

Yoshlar tarbiyasi — jamiyatdagi muhim masala!
Darhaqiqat, inson hayoti bir necha bosqichlarga bo‘linadi. Bu bosqichlar ichida umrning yoshlik bosqichi alohida ahamiyatga egadir. Yoshlik insonning eng nozik davri hisoblanib, insonning quvvatga to‘lgan va harakatchanligi ziyoda bo‘lgan vaqtidir. Shu bilan birga bu davr insonning hayot yo‘llarining chorrahasida turgan payti hamdir. Agar, o‘sha chorrahada yaxshi yo‘lga kirib olinsa, o‘zi, oilasi, xalqi, vatani uchun juda katta yaxshilik sari yuzlangan bo‘ladi. Agar, Alloh taolo ko‘rsatmasin, mazkur chorrahada yomon yo‘lga burilib ketsa, o‘zi, oilasi, xalqi, vatani uchun ko‘ngilsiz hodisalar sari qadam qo‘ygan bo‘ladi.

Yoshlar har bir millatning kelajagidir. Bu esa yoshlarga jiddiy ahamiyat berilishi lozimligini bildiradi. Har bir shaxsning kim bo‘lishligi yoshlik paytidan bilina boshlaydi. Yoshlik paytida shakllanib qolgan sifatlar insonga butun umri davomida hamroh bo‘ladi. Shuning uchun jamiyatda yoshlarning odobli, aqlli, halol, tarbiyali inson bo‘lishlari uchun harakat qilinadi.

Yoshlarning tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillar ijobiy va salbiyga bo‘linadi. Alloh taoloning oxirgi va mukammal dini, qiyomatgacha boqiy qoluvchi, barcha zamonlar va makonlarda insoniyatga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib beruvchi dini — Islomda yoshlarning tarbiyasiga oid ko‘plab oyat va hadislar vorid bo‘lgan. Mana shu oyat hadislarga og‘ishmasdan, to‘laligicha amal qilinsa, Allohning tavfiqi bilan, o‘sib o‘nayotgan farzandlar chiroyli xulqli, odobli, tarbiyali bo‘lib o‘sadilar va umrlarining oxirigacha shunday yashaydilar. Ulardan barcha mamnun bo‘ladi, insonlarning hurmatiga, muhabbatiga sazovor bo‘lishadi. Islom diyni hech kimni hech qachon yomonlikka chaqirmaydi balki doimo yaxshilik qilishga, go‘zal xulqlar bilan xulqlanishga, halol yashashga chaqiradi. Bu tarbiyaning islomiy ko‘rinishi. Buni ijobiy tarbiya deyiladi.

Endi salbiy tarbiya qanday bo‘ladi, nimadan kelib chiqadi? Salbiy tarbiya bu ijobiy tarbiyaning aksi bo‘lib, uning salbiy ekanligi faqatgina ta'lim orqali bilinadi. Uning kelib chiqishi johillik sababidan, qaysarlik va bo‘yinsunmaslikdan, havoi nafsga berilib ketishdan kelib chiqadi. Hozirgi kunda ommaviy axborot vositalarida, yoshlar orasida mashhurlik darajasiga erishgan «Ommaviy madaniyat» deb ataluvchi ofat yoshlarning orasiga chuqur singib ketgan bo‘lsa-da, uning yoshlar tarbiyasiga salbiy ta'sirlari mana endi endi muhokama qilinmoqda. «Ommaviy madaniyat»ni yoshlarning yurish turishida, salomlashishida, ayniqsa kiyinishida yaqqol ko‘zga tashlansa-da, ko‘pchilik bunga oddiy holdek yondoshib, «bu moda, zamonning talabi shunday» deb bahona izlashadi.

Yoshlarning tarbiyasiga ta'sir etuvchi omillardan yana biri internetdan noo‘rin foydalanishdir! Darhaqiqat, internetning imkoniyatlari cheksiz. Agar undan samarali foydalinilsa katta yutuqlarga erishish mumkin. Biroq, bugungi globallashuv davrida yoshlarni turli tahdidlardan asrash, ularda xalqaro tarmoq tomonidan taqdim etilayotgan turli axborot oqimidan haqqoniy ma'lumotlarni saralay bilish, to‘g‘ri va maqsadli foydalanish madaniyatini yuksaltirish, axborot xavfsizligini ta'minlash g‘oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shunday ekan yoshlarni internet saytlarga kirishida axborotdan to‘g‘ri va maqsadli foydalanish madaniyatini yuksaltirish zarur.

Muqaddas islom diynimizning bu borada ko‘rsatmalari qanday?

“Ey iymon keltirganlar! O‘zingizni va ahlingizni yoqilg‘isi odamlaru toshdan bo‘lgan o‘tdan saqlang…”. (Tahrim 6). Oyati karimada Alloh taolo insonnni avvalo o‘zini to‘g‘rilab olmoqligini va shundan so‘ng ahliga ta'lim va odob berishligini bayon qilmoqda. Shunday ekan o‘sib kelayotgan yosh avlodni, ularning ongiga ta'sir qiluvchi har qanday salbiy holatlardan himoya qilish iymonli kishilarning burchi ekan.

Ibn Mas'ud r.a dan rivoyat qilinadi : Nabiy s.a.v dedilar: “Qiyomat kuni odam bolasining qadami to undan besh narsa haqida: umrini nimaga sarflagani, yoshligini nimaga ketkazgani, molini qayerdan kasb qilib olgani va qayerga sarflagani, bilganiga qanday amal qilgani haqida so‘ralmagunicha, Robbi huzuridan uzilmaydi”. Termiziy rivoyat qilgan.

Bas, biz yoshlar oldimizdagi ulkan marralarga yetishimiz uchun bugungi vaqtimizni zoye qilmaslikka, berilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalanishga, vatanimiz, dinimiz uchun xizmat qiladigan fidoiylardan bo‘lishga intilmog‘imiz va doimo harakatda bo‘lishimiz shart!


Karmana tumani ”Jaloir” jome masjidi imom-xatibi. A.Hakimov
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Муфтий ҳазрат Ислом олами уюшмаси Олий Кегашига аъзо бўлдилар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш