«Hayo iymondandir»
Islom Аlloh taoloning mukammal, barcha zamon va makonlarga salohiyatli dini o'laroq inson hayotining barcha sohalarini qamrab oladi. shu bilan birga kiyinish ham inson hayotining muhim sohasidir.
Insonning kiyinishi uning ichki manaviy dunyosining sirtda aks etishidir. qaysiki insonda uyat hayo or-nomus kabi tushunchalar bo'lsa o'sha inson o'z obro'si saqlaydigan boshqalarning nafratini qo’zatmaydigan holatda kiyinadi.
buning ustiga kiyim bosh insonning doimiy hamrohi bo'lgani uchun unga ta'sir qilishi turgan gap. Misol keltiradigan bo'lsak aksariga o'ziga xos kiyim kiydirish hamma xalqlarga qadimdan odat bo'lib kelgan.
kiyim haqida shariy hukmlar:
Fuqaholarimiz kiyim masalasi bo'yicha kelgan barcha hujjat dalillarni o'rganib chiqqanlaridan keyin quyidagi xulosaga kelganlar:
kiyimning hukmi bir nechtadir
1-Farz
bu avratni berkitadigan va issiq sovuqni qaytaradigan kiyimdir. U paxta yoki kanopdan o'ta nafisi bilan o'ta yomonining o'rtasida bo'lishi kerak.
2-mustahab
Bu avratni to'sib ziynatni zohir qiladigan kiyimdir.
3. Muboh
bu juma hayot va odamlar jamlanadigan kunlari yasanish uchun kiyiniladigan chiroyli kiyimdir.
4. Makruh
bu mutakabbirlik va manmanlik uchun kiyiladigan kiyimdir
5. Harom
bu avratni to'smaydigan hamda erkaklar uchun shoyi ipak kiyilardir.
“Hayo” so‘zi lug‘atda uyatsizlikning teskarisini anglatadi. Boshqacha qilib aytganda hayo aybdan va yomonlanishdan qo‘rqib o‘zini past olish va o‘zgarishdir.
Ulamolar hayoni turlicha ta’rif qilganlar:
Jurjoniy: «Hayo nafsning bir narsadan tortinishi va malomatdan hazir bo‘lib, uni tark qilishidir», degan
Islom ulamolari shunday deydilar: «Hayo ikki xil buladi:
Birinchisi – nafsoniy. U barcha nafslarda xalq qilingan bo‘ladi. Misoli avratni ochishdandan hayo qilish kabilar.
Ikkinchisi – iymoniy. U, musulmonning Alloh taolodan qo‘rqib harom ishlarni qilishdan tiyilishidir»
Haqiqiy hayo shudir. Odam zotini xilqatida yozilgan haqiqiy hayo shu iymoniy hayodir.
Kimda ana shu iymoniy hayo bo‘lsa unga Alloh taolo tomonidan katta ne’mat berilibdi. Chunki har bir inson ikki dunyo saodatiga ana shu iymoniy hayo bilan erishadi. Kimda agar aksincha bo‘lsa ikki dunyo saodatidan mahrum qolibdi. Hayo barcha yaxshiliklarning manbaidir. Hayoning ketishi esa barcha yaxshiliklarning ketishidir. Kishining dunyoda gunohga qo‘l urishi, asta sekin hayosini ketishiga sabab bo‘ladi. Yoki shu holda davom etishi bir yo‘la hayosini yo‘q qilib yuborishi mumkin. Bunday kishi shariatda fosiq deyiladi. Fosiq kishini jamoat joylarda uyatli, shariat man qilgan ishlarni ochiq qilishi uning iymonsizligidandir.
Zarafshon shahar Navruz MFY otinoyisi Ro’zieva.G.