Ayollar jamiyatimizning bir bo‘lagi bo‘lib, hayotda juda ko‘p yumushlar ular zimmasidadir.Ularsiz hayotimizni tasavvur eta olmaymiz.Shunday ekan har birimiz ayollarni qadrlab hurmat qilib e’zozlab yashashimiz lozim. Alloh taolo Niso surasining 19-oyatida bunday marhamat qiladi: "Ular bilan totuv turmush kechiringiz. Agar ularni yomon ko‘rsalaringiz (bilib qo‘yingki) balkim sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko‘pgina yaxshilik paydo qilishi mumkin...". Bu hukm har bir erkakka tegishlidir.Ayollar bilan inoq totuv yashash ko‘proq ularga bog‘liq. Erlar o‘z ayollariga ro‘zg‘orga kerakli narsalarni olib berib tursalar maslahatlashib ularning fikrlarini tinglab ko‘ngillariga yo‘l topsalar oilada tinchlik va totuvlik hukm suradi.
Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: "Sizlarning ichingizdagi eng yaxshingiz o‘z ahli ayoliga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lganingizdir.Men esa o‘z ahlimga sizlardan ko‘ra yaxshiroq munosabatdaman." (Imom Termiziy rivoyati).
Nabiy alayhissalom hammamizdan -da o‘z ahli oilasiga yaxshi munosabatda bo‘lganlar.U zotdan o‘rnak olib yashash har bir musulmon ummati uchun faxr va iftixordir. Rivoyat qilishlaricha ulug‘ bir avliyo namozda sajda qilganida Ka’batullohni ko‘rar ekan. O‘ziga-o‘zi: "Men shunday yetishdimki har namozimda Ka’batullohni ko‘rib turaman" debdi.Buni eshitgan ayoli:"Bizning ham hissamiz bordir", - debdi. "Sening qanday hissang bo‘lishi mumkin ey ojiza ayol! Men bunga o‘z ibodatlarim bilan erishdim" , - debdi valiy zot. Oradan uch-to‘rt kun o‘tib, sajdada Ka’bani ko‘rolmay qolibdi.Ayoli bilan suhbatlashgani yodiga tushib: "Mening ibodatimda nuqson bo‘layaptimi? Oxirgi kunlarda Ka’bani ko‘rolmay qoldim.Yoki sening ham hissang bo‘lsa, uni to‘xtatdingmi? "-deb so‘rabdi undan. Shunda ayoli jilmayib: " Men bir ojiza bo‘lsam, qanday hissam bo‘ladi."-debdi. Birozdan so‘ng : "Men uch-to‘rt kundan buyon kosa - tovoqlarni yaxshilab yuvmayapman, ana shu sizga ta’sir qildi", degan ekan. Ayollarimiz ro‘zg‘orda hallolikka,poklikka e’tibor bermasalar, baraka ketib fayz yo‘qoladi. Hadisi muborakda: "Ayollar erkaklarning ajralmas bir qismidir", deb marxamat qilingan.Ayolni qadrlab yashash hayotni sevib yashash demakdir. Hayotni sevib yashash esa o‘zini qadrlab yashash demakdir.Baxtimizga ayollarimiz sog‘- omon bo‘lsinlar!.

Siz uchun yashaydi o‘zini bezab,
Hurmatlang, e’zozlang, qilmangiz g‘azab.
Ayolsiz yashamoq azobdir, azob,
Ayolning qadriga yeting,erkaklar.

Navbahor tumani Qiziltepa va Yangi kuch mahallalari otinoyisi Tursintosh Jamolova