Tun va uyqu oldi odoblari
Alloh taolo tunni bandalari orom olishi uchun yaratgan. Qur’oni karimda bu haqda ko‘p oyatlar kelgan. Jumladan, Yunus surasining 67-oyatida bunday deyiladi:
“U sizlarga orom olishlaringiz uchun kechani yaratgan Zotdir”. Kunduzi ko‘rinmaydigan sichqon, kalamush, suvarak singari zarar keltiruvchi hasharot va jonivorlar kechasi izg‘iydi. Sichqon va kalamush tekkan idishni poklamay turib foydalanish esa makruhdir. Shunday ekan, ularning ziyonidan, shayton va uning zararlaridan saqlanish hamda tunning bizlarga taskin bo‘lishi uchun Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam)ning ushbu ko‘rsatmalariga rioya etishimiz lozim:
“Kech kirgach, bolalaringizni (uyda) ushlab turing”. Ya’ni, quyosh botgach, farzandlaringizni uydan chiqarmang, tashqarida yurgan bo‘lishsa, uyga kirgizib kerakli mashg‘ulotlar bilan band qiling. “Chunki bu paytda shayton (jin)lar izg‘iydi”. Tun shaytonlar qo‘zg‘alishi uchun qulay fursatdir. Ular bu vaqtda tashqarida yurgan bolalarga ziyon yetkazishi mumkin.
“Bir soat o‘tgach, bolalaringizni erkin qo‘ying”. Ularning uyga kirib-chiqishida to‘sqinlik qilmang.
“Allohning nomini zikr etib eshiklaringizni berkiting”. Xayrli har bir ishda Allohni zikr qilish – “Bismillahir Rohmanir Rohim” deyish, lozim, hatto eshikni yopganda ham. Eshikni berkitish bilan har xil zararli hasharotlar, hayvonlarning ziyon yetkazishi, o‘g‘ri kirishi, nomahramlar nazari tushishi yoki oila a’zolarining sog‘lig‘iga zarar yetishining oldi olinadi. “Zero, shayton berkitilgan eshikni ochmaydi”. Faqat “Bismilloh” deb yopilgan eshiklarni shaytonlar ocholmaydi. O‘sha kecha iblis yomonligidan omonda bo‘linadi. Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar:
«Kim uyiga kirayotganida va taomlanayotganida Allohni zikr qilsa, shayton (askarlariga) sizlarga yotoq ham, kechki ovqat ham yo‘q, deydi. Mabodo uyiga kirayotganida Allohni zikr qilmasa, shayton (sheriklariga) yotoqqa ega bo‘ldingiz, deydi. Agar taomlanayotganida ham Allohni zikr etmasa, shayton (askarlariga) ham yotoqqa, ham kechki ovqatga ega bo‘ldingiz, deydi» (Imom Buxoriy rivoyati).
Ushbu Nabaviy odoblarga har birimiz rioya etishimiz va oila a’zolarimizga ham o‘rgatishimiz lozim. Shunda, ikki dunyo saodatiga erishamiz, inshoalloh.
Tomdi tuman bosh imom xatibi: Quldashev Nurali Eshmamatovich