Ayollarning oiladagi muammolari.

10-04-2025, 02:31 admin Мақолалар 26

Ish jarayonida ayollarning oiladagi muammolarini o‘rganib, yuqoridagi sarlavha ostida juda katta tashvish va muammolar borligiga , bir necha yillardan beri xalqimiz to‘y ma’rakalarida ishtirok etib , janjalli oilalar, yetishmovchiliklar bemorliklar, qarzdorliklar, jinoyatchilik ko‘chalariga bexosdan bilib- bilmay kirib qolishlar , farzandsizlik, xiyonat ... bular barchasi xotin- qizlar muammolari ekanligiga guvoh bo‘ldik . Tirik insonning har doim orzu- umidlari va tashvishlari albatta bo‘ladi. Har bir narsaning yechimi bo‘lgani singari bu narsalarning ham davosi vaqt va sabr shukurli bo‘lishdir. Eng qiyin vaziyatlardan biri ayolning erini ichuvchi ya’ni Alloh harom qilgan xamrga berilishidir. Ba’zilar bunga ayol sababchi , uydan mehr topmasa ko‘chadan mehr izlaydi, jo‘raboz bo‘ladi deyishadi. Bu fikrga men mutloqo qo‘shilmayman. Erkagining nafsi buzuq bo‘lsa topganini ko‘chaga sarflasa, o‘zi yeb- ichgan narsalaridan bolalariga olib kelmasa, har kuni ichib undan qo‘lansa hid kelib tursa, bolalari va ayolini haqorat qilsa ustiga- ustak tuhmatlar yog‘dirib, tirnoq orasidan kir qidirsa bularga har qanday eng sabrli ayolning ham sabr kosasi to‘ladi. Har kungi janjallar baqir- chaqirlar farzandlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi . Otalaridan bezor bo‘lib o‘zlarini olib qochadi. Ba’zi farzandlar otalariga qo‘l ko‘tarib haqorat qilib , o‘z otalariga oq bo‘lib qolayotganlar ham oramizda yo‘q emas. Alloh asrasin. Oiladagi zo‘ravonlik, kamsitishlar haqorat oilani ajrimga olib kelayapdi . Ba’zi oilalarda erkaklarni ishlamay uyda yotib olishi va ro‘zg‘or tashvishlarini nozikkina ayol yelkasiga tashlab qo‘yish , yosh yangi oila qurgan yigitlarni faqat bir tomonni eshitib , onasi ya’ni qaynonajonlarga kelinlarga bosim o‘tkazishiga qo‘yib berishi ,tarozini to‘g‘ri qo‘ymaslik , oiladagi moddiy va ma’naviy yetishmovchilik boqimandalik bular barchasi ayollar muammolariga bir nechtagina misol bo‘la oladi. Bu dunyoda boshqalarni o‘z shartlaringga majburlash uchun yaratilmagansan. Birovlardan solihlikni talab qilishdan oldin o‘zing namuna bo‘l, o‘zingni to‘g‘irlab ol. Zulm qilsang, bir kun kelib senga ham zulm qilinadi. Ozor bersang bir kun kelib senga ham ozor berishadi. Bu qaytar dunyo.
Imom Shofe’iy rohimahulloh: ,, G‘am- g‘ussa va qiyinchilik yetgan paytda odamlar sizni tashlab qo‘yishsa bilingki ishlaringizni boshqaruvini Alloh O‘z zimmasiga olishni xohlamoqda,, - deganlar.
“ Allohning O‘zi yetarli vakildir” (Niso surasi).
Biz ayollar barcha muammolarimizni aql bilan hal qilishga buyurilganmiz. Erkaklarimiz ro‘zxg‘or boshilarimiz bilan birgalikda farzandlar tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishimiz kerak. Yaxshilik, sabr , shukronalik haqiqiy oqila ayollarga xosdir. Noumidlik ko‘z yoshini umid ro‘molҷasi ila artib, hayot so‘qmoqlarini tabassum- la qarshi ol !!!
Navbahor tumani Navbahor va Burqut mahallalari otinoyisi Ahmedova M
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Канимех туманида
"Қосим Шайх" жоме масжидида рамазон ҳайити намози
РАМАЗОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК
Фуқароларни қабул қилиш куни
Навоий вилоятида ҳам ифторлик дастурхонлари ёзилди
"Таровеҳ" намозларига ташриф буюрувчи фуқароларнинг хавфсизлиги ишончли таъминлаш
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш