Baxshi momoning pushaymoni.

10-04-2025, 02:18 admin Мақолалар 24

Taqdir taqozasi bilan Allohning yana bir sinoviga bardosh berib jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazishga to‘g‘ri keldi. Viloyat kasalxonasida 3nafar ayol bir palatada yotib davolandik. Sheriklarim ochiqqina juda yaxshi ayollar ekan. 3 kun ozroq dard chekib sekin o‘zimizga kela boshladim.So‘ngra hangomalashib 75 yoshli onaxonni suhbatga tortdim.” Men oldin boshlang‘ich sinflarga dars berganman ,o‘qituvchi bo‘lib ishladim 5 ta farzandni oq yuvib oq taradim”- deydi onaxon. Turmush o‘rtog‘larini juda yaxshi ko‘rarkanlar , u kishiga uy ishlarida yordam berishlari, juda hurmat qilishlarini , mehribonchiliklarini og‘izlaridan bol tomib maqtadilar. “Kasal bo‘lib dardga chalinib qoldim, maktabga ham borolmay qoldim. Ko‘p joylarda davolandim bolalarim va xo‘jaynim g‘amxo‘rlik qilishdi lekin foydasi bo‘lmadi”- deya o‘z hayotlarini va qanday sabab bilan baxshiga aylanganlarini hikoya qilib berdilar.
Bir kuni tush ko‘rdim tushimda menga sen “qo‘l” olasan , baxshilik qilasan bo‘lmasa yaxshi ham bo‘lmaysan ering o‘ladi deyishdi. Men nomi chiqqan bir baxshiga borib ,, qo‘l,, oldim va odamlarni davolay boshladim, kim ishondi, kim ishonmadi, kim tuzaldi, kim yo‘q , pichog‘im moy ustida bo‘ldi, viloyat-ma viloyat yurdim.
Odamlardan olgan narsalarimni hisobi yo‘q, kimsan “falonchi baxshi ”bo‘ldim . Shunday kunlarning birida xo‘jaynim to‘satdan “O‘tkir infarkt kasalligi”dan dunyodan o‘tib qoldi. Bu man uchun og‘ir zarba bo‘ldi. Bolalarimni otasi suygan yorimdan ayrilib qoldim. Juda qattiq zarba olib tushkunlikka tushib qoldim.Menga dunyoning qizzig‘i qolmagandi. O‘zimni qobig‘imga o‘zim o‘ralib qoldim.Hech kimning nasihati menga kor qilmasdi. Dunyo ko‘zimga qorong‘i bo‘ldi , Menga kelgan mijozlarimni ham qabul qilmadim .Hamma ishlarimni yig‘ishtirib qo‘ydim. “Nega- nega”- derdim o‘zimga o‘zim :“Men haqiqiy tabib bo‘lganimda nima uchun erimni o‘lishini bilmadim, nima uchun u kishini davolay olmadim?” - deb ich etimni yerdim. “Hamma ishlarimni yig‘ishtirib bog‘chaga ishga kirdim. Halol yo‘l bilan pul topib farzandlarimni boqdim, qilgan ishlarimdan pushaymon bo‘lib Alohdan kechirim so‘radim” deydi: - momo.
Dinimizda fol ochish, doira chalib baxshilik qilish jinlarning yolg‘on gaplariga ishonib qo‘shib- chatib, insonlarni aldash og‘ir gunoh hisoblanadi.Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kim folbinga borib, uning gapiga ishonsa, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsadan ajrabdi. Kim uning huzuriga kelsa - yu , gapiga ishonmasa qirq kecha namozi qabul bo‘lmaydi”,
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar:
“ Kim qush bilan fol ochsa yoki qush bilan fol ochtirsa, kim kohinlik qilsa yoki kohinga murojaat qilsa, kim sehr qilsa yoki sehr qildirsa, u bizdan emas, Kim folbinga borib, uning aytganiga ishonsa , Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil qilingan narsaga kufr keltirgan bo‘ladi”
(Imron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi .)
Mana sizga hikoya, xulosasi o‘zingizdan. Ba’zi tuppa - tuzuk kishilar ham :”Ishonmaymiz- u, lekin shunday bo‘lsa ham bir borib kelaylikchi”- deb folbinga va baxshilarga borishadi, bu ish mutloqo to‘g‘ri emas. Mo‘min kishi barcha shubhali narsalardan uzoqda yurishi lozim.

Navbahor tumani Navbahor va Burqut mahallalari otinoyisi Ahmedova Mahkamtosh
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Канимех туманида
"Қосим Шайх" жоме масжидида рамазон ҳайити намози
РАМАЗОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК
Фуқароларни қабул қилиш куни
Навоий вилоятида ҳам ифторлик дастурхонлари ёзилди
"Таровеҳ" намозларига ташриф буюрувчи фуқароларнинг хавфсизлиги ишончли таъминлаш
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш