Rasulullohga muhabbat iymondandir

17-03-2023, 00:23 admin Мақолалар 461

Rasulullohga muhabbat iymondandir

Ulug‘ sahobiy Anas ibn Molik r.a.dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:“Hech biringiz mo‘min bo‘lmaydi toki men unga otasidan ham, bolasidan ham va barcha insonlardan ham sevikliroq bo‘lmagunimcha”.
Ushbu hadisda bayon qilinishicha, kishi mo‘min bo‘lishi uchun uning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga nisbatan muhabbati bu dunyoda u yaxshi ko‘rgan barcha narsalarga bo‘lgan muhabbatidan ko‘ra ko‘proq va kuchliroq bo‘lishi shart. Hatto, u otasi bo‘lsa ham, bolasi bo‘lsa ham, ahli oilasi bo‘lsa ham va barcha insoniyat bo‘lsa ham.
Shuni anglamoq lozimki, hadisdagi “mo‘min bo‘lmaydi” deyilgan iboradan kofir bo‘ladi, degan ma'no chiqmaydi, balki imoni komil bo‘lmaydi, degan ma'no tushuniladi. Ma'lumki, Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallamga muhabbat u zotning ko‘rsatgan yo‘llariga ergashish bilan o‘z isbotini topadi. Zero, u zotning siyratlari biz uchun har zamon va har makonda eng go‘zal namunadir. Alloh taolo bu haqda Qur'oni karimda shunday marhamat qilgan:“(Ey, imon keltirganlar!) Sizlar uchun – Alloh va oxirat kunidan umidvor bo‘lgan hamda Allohni ko‘p yod qilgan kishilar uchun Allohning payg‘ambarida go‘zal namuna bordir” (Ahzob surasi, 21-oyat).
Alloh taolo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga bo‘lgan itoatni O‘ziga bo‘lgan itoat deb baholagan. Bu haqda Qur'oni karimda: “Kimda-kim Payg‘ambarga itoat etsa, demak, u Allohga itoat etibdi” deb marhamat qilgan (Niso surasi, 80-oyat). Shuningdek, boshqa bir oyatda Alloh taolo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga ergashgan kishilarni yaxshi ko‘rishini e'lon qilib, shunday degan: “Ayting (ey, Muhammad!): Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir” (Oli Imron surasi, 31-oyat).Mana bu haqiqiy imonida sodiq bo‘lgan mo‘minlarning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga bo‘lgan muhabbatlaridir. Zero, bu imoniy muhabbat bo‘lib, u Rasululohning yo‘llariga ergashishda namoyon bo‘ladi. Har bir musulmon kishi Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga nisbatan ana shunday imoniy muhabbat darajasiga erishishga loyiqdir. Ana shunday bandalarini Alloh taolo dunyo va oxirat saodatiga noil etadi, inshaalloh.

Bugungi dorillaman kunlarimizda Allohning inoyati va yurtboshimizning yaratayotgan imkoniyatlari tufayli diniy amallarni bajarishimiz yanada osonlashdi. Jumladan har yili Haj va umra safarlariga ko'plab yurtdoshlarimiz borib Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ravzalarini ziyorat qilib Allohning varzini ado etib kelmoqda.

Yaratgan robbim yurtimiz mustaqilligini bardavom qilsin qalblarimizda uziga va rasuliga muhabbatimizni yanada oshirsin. Tomdi tumumani bosh imom xatibi Qo'ldoshev Nurali
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш