Go‘zal xulqli bo'lish mo'minlik alomatidir.

8-08-2023, 01:56 admin Мақолалар 198

Go‘zal xulqli bo'lish mo'minlik alomatidir.

Alloh subhanahu va taolo o‘zining Haq kalomi Qur'oni karimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni vasflab:
«Va, albatta, sen ulkan xulqdasan», degan (Qalam surasi, 4-oyat).
Bu oyati karima Payg'ambar alayhissalom uchun katta va oliy bahodir. Alloh u zotga xitob qilib, u kishining xulqlarini ulug'lik bilan sifatlamoqda. Oisha onamizdan u kishining xulqlari haqida so'rashganida «Xulqlari Qur'on edi», deb javob berganlar. Ya'ni, Muhammad alayhissalom Qur'ondagi oliy xulqlar bilan xulqlanganlar. U zot sollallohu alayhi vasallam
Qur'ondagi barcha yaxshi odob-axloqni o'zlariga singdirganlar.
Payg'ambarimizning o'zlari: «Men yaxshi xulqlarni batamom qilish uchun yuborilganman», deganlar.
Boshqa bir hadislarida esa: «Kishi yaxshi xulqi bilan kunduzni ro'za tutib, kechasini namoz o'qib o'tkazadiganlar darajasiga yetadi», deganlar.
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni mo'minning mezonida husni xulqdan ko'ra og'irroq narsa bo'lmas. Albatta, Alloh fahsh va chirkin so'z aytuvchini yomon ko'rur», dedilar».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilishgan. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning «Albatta, mo'min o'zining husni xulqi ila ro'za tutuvchi va bedor bo'luvchining darajasini topadir», deganlarini eshitdim».
Sharh: Kunduzlarni ro'za tutib, kechalarni tik turib namoz o'qigan holida bedor o'tkazadigan odam qanchalar oliy darajalarga erishishini hammamiz yaxshi bilamiz.
Farzu vojib amallardan keyin qilinadigan eng yaxshi amallar ana shundoq bo'ladi. Xuddi shuningdek, o'ziga farzu vojib bo'lgan amallarni bajarib turib, yana nafl amallar bilan ortiqcha savob topaman degan odam husni xulq bilan ham yuqori darajalarga erishmog'i mumkin ekan.
Umuman, husni xulq bunga o'xshash ulkan savoblar bilan birga, ko'pgina yaxshiliklarga ham erishtirishi turgan gap. Husni xulqli odamni hamma yaxshi ko'radi va hurmat qiladi. Undan hamma mamnun bo'ladi. Husni xulqli kishi o'zi yashab turgan jamiyatning ko'rki bo'ladi.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan odamlarni ko'proq jannatga kiritadigan narsa haqida so'raldi. Bas, u zot:
«Allohga taqvo qilish va husni xulq», dedilar.
Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizlarning yaxshingiz husni xulqligingizdir», dedilar». Termiziy, Muslim va Buxoriy rivoyat qilishgan.
Buxoriyning lafzida «Albatta, sizning eng yaxshingiz husni xulqligingizdir», deyilgan.Sharh: Mo'min-musulmon odam eng yaxshi odam ekanligi hammaga ma'lum. Ana o'sha eng yaxshilar ichida eng yaxshisi esa, shubhasiz, husni xulkdilaridir. Shuning uchun eng yaxshi musulmon bo'layin degan kishi taqvo bilan birga, husni xulkdi bo'lishga harakat qilishi lozim.

"Xon xo'ja eshon bobo" masjidi imom-xatibi Rahmonberdiyev Abdug'affor
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш