FARZAND TARBIYASI
Har qanday farzand ma’lum bir muhitda, ma’lum bir oilada dunyoga keladi. Uning kelajakda kim bo’lib yetishishi albatta bevosita farzandga beriladigan e’tiqodiy, axloqiy tarbiyaga bog’liqdir. Farzandlarga odob berish eng avvalo oiladan boshlanadi. Ma’nan yuksak, go’zal xulqqa ega ota-onalarning farzandlari ham odobli bo’ladi. Bu go’zal xulq, boshqalarning havasini keltiradigan odob-axloq inson ko’rki sanaladi. Go’zal xulq to’g’ri tarbiyaga daxldordir. Ota-ona farzandlarga yaxshi bilan yomonning, halol bilan haromning, ma’rifat bilan jaholatning, saxovat bilan baxillikning farqini aniq tushuntira bilishi va har vaqt ularni ezgulik yo’liga chorlashlari lozim bo’ladi. Darvoqe, otaonalar farzandlari uchun bu ezgu amallar uchun mezon o’lchovni qayerdan oladi? Bu albatta muhim bir savol. Javobi esa musulmonlar uchun juda ham oson. Faqat unga amal qilish qoladi. Bu birinchi navbatda Alloh taoloning kitobi Qur’oni karimda bayon etilgan hukmlar. Odobni to’g’ri shakllantirish uchun eng muhim mezon shu. Ikkinchidan
Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hadislari insonning ma’nan yuksalishi, ezgulikka intilishi, halolni haromdan farqlay bilishi, inson o’z hayotining mazmun-mohiyatini anglab olishi uchun nihoyatda muhimdir. Zeroki, Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini tiriltirish va unga amal qilishning mukofoti Jannat albatta. Qilinayotgan amallarda insonning ma’naviy qiyofasi, odob-axloqi namoyon bo’ladi. Bid’atlarga sho’ng’igan kimsa odamlarni to’g’ri yo’ldan adashtiradi. Bunday
kimsa beadablar sirasiga kiradi. Sunnatga muvofiq yashash esa musulmon kishiga xotirjamlik, viqor, salobat bag’ishlaydi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda: "Sunnatga muvofiq qilingan oz amal bid’at aralashgan ko’p amaldan yaxshidir", deyiladi.
Musulmon kishining hayot tarzi, insonlararo muomala-munosabati, yurish-turishiga, kiyinishi, yeb-ichishi va tish tozalash, hatto hojagxonaga kirishi ham barcha-barcha amallari sunnatga muvofiq bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Shunda ibodatlar, itoatlar tufayli Allohning rizoligi topiladi. Hazrat Ibn Umar roziyallohu anhu tomonlaridan rivoyat qilingan bir hadisda: "Salomdan avval so’z boshlamang. Kim salomdan avval so’z boshlasa, unga javob bermang...", deyiladi. Demak, ikki musulmon uchrashganda eng avval salomlashishi lozim. Salomlashmasdan so’z boshlash sunnatga muvofiq bo’lmaydi. Qo’l berib ko’rishish salomlashuvning mukammali ekani ham hadislarda ta’kidlab o’tilgan.
manba:"Musulmonning odob kitobi"dan.
“Xashman”jome masjidi imom xatibi: Xoliqov Bahodir.