Soxta salafiylar

28-04-2022, 22:20 admin Мақолалар 440

Soxta salafiylar
Hozirgi kunda muqaddas islom nomidan har xil oqimlarning o‘zlarini jozibador ismlar bilan nomlab olib, go‘yoki to‘g‘ri yo‘lni da'vo qilib, g‘araz maqsadlari yo‘lida ushbu niqobdan foydalanish holatlari ko‘plab kuzatilmoqda. Ana shunday oqimlardan biri “Soxta salafiylar”dir.
Bu oqimga mansub bo‘lganlar islomdagi ahkom va fatvolarni har bir zamon taqozosiga qarab emas, hijriy sananing dastlabki uch asriga muvofiq ravishda hayotga tatbiq etishni targ‘ib qiluvchi oqimdir. Bu oqim arab va islom mamlakatlarida ko‘proq tarqalgan bo‘lib, O‘rta Osiyoga ham kirib kelmoqda. Bu oqim tarafdorlari islom dinining har bir zamon va har bir makonga moslasha olishini tan olmaydilar. O‘n to‘rt asrdan beri islomning yetuk allomalari, faqihu mujtahidlari qabul qilgan fatvolarga amal qilishga qarshi chiqadilar.
Islomda “salaf” (arabcha – “ajdodlar”, “avval yashab o‘tganlar”) deganda, hadislarga ko‘ra, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam zamonlarida hamda undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Shunga ko‘ra, islom ulamolari sahobiy, tobein va tab'a tobeinlarni “salafi solih”, ya'ni “solih ajdodlar” deb hisoblashda yakdildirlar. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki “salafiy”lar tushunchalarini ishlatish mumkin emas
Ularning qarashlarida:Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hamda sahobalar va aziz avliyolarning qabrlarini ziyorat qilishni kufr deb hisoblaydilar.
Zero, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ummatga nasihatlarida quyidagilarni aytganlar:Hazrati Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi; Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytadilar: “Albatta, barcha amallar niyatga qarab e'tibor qilinadi. Har bir kishi o‘z niyatiga yetgusidir,….Bas, nimani niyat qilsa, o‘shani e'tiborga olinadi”.
Niyat qilish lug‘atda “qasd qilish va iroda” ma'nolarini anglatadi.
Demak, qabr ziyorat qilayotganlarning niyatiga e'tibor qilinadi. Agar ziyoratchining niyati o‘tganlarni xotirlash, ularga savob yo‘llash qolaversa, o‘limni eslash, undan ibratlanish bo‘lsa, bu juda savobli ish bo‘ladi.
Soxta salafiylarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam ga hurmatsizlik qilishi u zotning ota-onalarini kofirlikda ayblashlarida ham yaqqol ko‘rinadi.
Azizlar har bir yaltiragan narsa oltin bo’lavermaganidek, har bir dinni davo qiluvchi to’g’ri fikrda bo’lavermaydi, shunday ekan g’araz niyatli oqimlarning “yaltiroq” tuzoqlaridan ogoh bo’laylik, muqddas dinimizning sof e’tiqodini mustahkam saqlab, kelajak vlodga sofligacha yetkazaylik.

Tomdi tuman bosh imom xatibi: Qo’ldashev Nurali Eshmamatovich
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш