Qanoat-dilni yoritguvchi ne'mat
Alloh taolo Qur’oni karimda: “Yerda o‘rmalovchi biror narsa (jonzot) yo‘qki, uning rizqi (taminoti) Allohning zimmasida bo‘lmasa!” (Hud 6) deb marhamat qiladi.
Qushlarga e’tibor beradigan bo‘lsak, ertalab sahardan bolasi va o‘zi uchun uchib ketadi. Mana bu yerda non bor, u yerda don bor deb hech joyda aytilmagan, ammo Alloh taolo uning rizqini berishiga ishonchi komil. Bir bosganda ezilib ketadigan qurt-qumursqadan boshlab, katta-katta jonivorlargacha barchasining rizqini Xudoi taolo beradi. Chunki Xudoi taolo Qur’oni karimda O‘zining zimmasidagi ishni aytdi: “barchasining rizqi Allohning zimmasidadir”, deb.
“Bas, qachonki, namoz ado qilingach, yerda tarqalib, Allohning fazli (rizqi) dan istayveringiz!” (Jum’a, 10)
Odam farzandi rizqini Allohdan deb bilib, ish qilishi kerak. Shu bilan birgalikda halol rizqni tanlashi lozim. Uydan chiqib rizqini axtarishi bu albatta o‘zini, ahli oilasini birovlardan behojat qilish uchun bo‘ladi.
Salama ibn Ubaydullo ibn Misan Ansoriy otalaridan rivoyat qiladilar: Rasululloh s.a.v. aytganlar: “Qaysi biringiz tongda uyqudan uyg‘onganda oilasi tinch, tani sog‘ va uyida bir kunlik yegulik bo‘lsa, bilsinki, unda dunyodagi barcha ne’matlar mujassam ekan”
Abu Abbos raziyaallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh s.a.v. shunday duo qilar edilar: “Allohim! Menga bergan rizqingda qanoatli qilgin, uni men uchun barakotli qilgin va barcha yo‘qotganlarim o‘rnini xayrlisi bilan to‘ldirgin”.
Tomdi tumani bosh imom xatibi: Qo'ldashev Nurali Eshmamatovich