Tillar ichra durdona tilim.

19-08-2022, 15:50 admin Мақолалар 570

Tillar ichra durdona tilim.
Sen mangusan, baqosan,
Men esam-o‘tkinchi zot.
Sen hamisha bahorsan,
Men lahzalik xotirot.
Ona tilim--jon tilim.
(Shukur Qurbon)
Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk boyligi bor. Bu-uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, ya'ni, xalqni xalq, millatni millat qiladi. Tarix guvohki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz o‘zining qonuniy maqom va himoyasiga ega bo‘lganiga bu yil 33 yil bo‘ladi. Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimiz, yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida muhabbat va sadoqat ruhini ko‘tarib tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati yanada ortib bormoqda. Mustaqillik bergan ne'matlarga shukronalikda yashayotgan o‘zbek xalqi boy tarixiy merosga ega. Buyuk bobomiz A. Navoiyning o‘zbek xalqining ma'naviy dunyosi, tilining shakllanib, tillararo rivojlanishida xizmatlari beqiyos bo‘lgan. Ul zotning xizmatlarini faxr tuyg‘ulari bilan tilga olamiz. "Tilga e'tibor-elga e'tibor" degan purma'no hikmatlarining mag‘zini anglaymiz. Asarlari orqali esa ona tilimizning beqiyos boyligi, uning buyukligini angladik, tilimizga, buyuk allomaga bo‘lgan mehr-muhabbatimiz oshdi.
Til o‘zaro aloqa vositasi bo‘lib, Allohning insonga bergan bebaho ne'matidir. Millatni millatdan ajratib turuvchi asosiy belgilardan biri ham tildir. Har bir xalq o‘z tilining qadrini anglay oladi. Necha ming asrlik tarixga ega bo‘lgan turkiy xalqlar ham o‘z ona tillari dunyodagi hech bir xalqning tilidan kam emasligini yoqlab chiqdilar. Bu yo‘llarda sun'iy to‘siqlarni pisand etmadilar.
Mustaqillik yillarida oilaviy va bozor tili darajasiga tushib qolgan o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berish haqidagi taklif va kurashlar samarasiz ketmadi. Davlat hujjatlari, nashrlar, darsliklar ona tilimizda yozila boshladi. Ismlar noto‘g‘ri yozilib, o‘z egasini ranjitgan davrlar ortda qoldi. Bu xalqimiz ruhiga, qadriga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi, albatta.
Sharq allomalari axloqiy-tarbiyaviy asarlarining asosini Qur'oni sharif suralari, Muhammad sollallohu alayhi vassallam faoliyati, va ko‘rsatmalarini ifodalovchi hadislar, hikmatli hikoyalar tashkil etadi. Bunday asarlar sirasiga "To‘tinoma"," Qutadg‘u bilig", "Guliston"," Bo‘ston", "Mahbub ul-qulub"," Qobusnoma"kabi durdona asarlar kiradi. Bu asarlar asrlar davomida o‘quvchini odobli, andishali, so‘zamol, keng fikrli, mulohazali bo‘lib tarbiya topishida, halolu haromni farqlab ulg‘ayishida katta xizmat qilib kelgan.
Til--millat ko‘zgusi, ma'naviyat sarchashmasi. Birinchi Prezident I. Karimov bejizga ona tilimizni "Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbida avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili-bu millatning ruhidir"-deya e'tirof qilmagan. O‘z tilini yo‘qotgan har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. A.Navoiy so‘z va muloqot odobi haqida shunday durdona satrlarni yozib qoldirgan:
So‘zdurki nishon berur o‘likka jondin,
So‘zdurki,berur jong‘a xabar jonondin,
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilki,guhari sharifroq yo‘q ondin.
Shu bilan birga,xalq maqollarida tilga ehtiyotlik bilan yondoshish ta'kidlanadi.Har bir kalomdan o‘rinli,unumli foydalanishga da'vat qilinadi.So‘z kuchi,sehri o‘z o‘rnida ishlatilishi talab etiladi.Shuning uchun xalq orasida:"Tilingni tiy omondir boshing","Til yugurigi boshga","Til topilsa,dushman ham do‘st bo‘lur"kabi maqollar orqali farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalab,ayyor,mug‘ombir bo‘lma,vatansevar,elsevar,jasur bo‘l deya o‘git berib kelinadi.
Nufuzli tashkilotlar minbaridan baralla yangrab kelayotgan millat tili qadri balanddir.Har bir yosh avlod qalbiga sabr,matonat,fidoiylik,vatanparvarlik tuyg‘usini singdirib kelayotgan ona tilimiz doimo yashaydi.Millatimiz ruhi,davlat timsoli,mulki,madaniyati,urf-odati,g‘ururi,tarixi bo‘lgan tilimiz ravnaqi toabad yashagay.Buning uchun tilimiz sofligini asraylik.Bu barchamizning burchimizdir.

Kelib ketdi necha dunyolar,
Keldi hayot,yig‘ladi o‘lim.
Seni deb qurbon bo‘ldi bobolar,
Ular ketdi,sen qolding tilim!
Sharaf-shonlarga to‘la tilimiz sofligini asraylik!

Xatirchi tuman Zarafshon mfy otinoyisi
Islomova Marziya.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш