Shukronalik

18-08-2022, 09:20 admin Мақолалар 2 585

Shukronalik
Alloh taolo O‘zining fazlu karami ila inson zotini aql va idrok sohibi qilib yaratdi va unga behisob ne’matlarni ato qilib, ulardan bahramand qildi. Shu bilan bir qatorda O‘zining ne’matlariga shukr aytishga ham buyurib, kalomida shukr qiluvchilarga ne’matlarini yanada ziyoda qilish va’dasini berib, shunday deydi:
“Yana Rabbingiz e’lon qilgan (bu so‘zlar) ni eslangiz: «Qasamki, agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir”.
Barchalarimiz Parvardigorning biz bandalarga bergan tansihatlik, farovonlik, baxtu saodat, tinchlik va osoyishtalik kabi ulug‘ ne’matlariga shukr aytsak, qadriga yetsak, shunda Alloh ham bizlardan rozi bo‘lar ekan.
Islom ta’limotida ne’matlarga shukr qilish ulug‘ fazilat va yuqori daraja deb alohida qayd qilingan. Bu haqda Abdulloh ibn Abbos (r.а) shunday degan ekan:
“Shukr qilishlik imonning yarimidir”. Tinch-xotirjam hayotimiz farovon o‘tayotgan kunlarimizning qadriga yetish uchun shukr qilib, eng avvalo hushyor bo‘lishimiz lozimligini, ana shu ne’matlardan ayirmoqchi bo‘lgan turli g‘arazli kuchlar, nopok toifalarning nayranglaridan hamisha ogoh bo‘lib, ularga munosib javob qaytarish kerak. Inson turli hiyla va aldovlarga aldanib, pirovardida oilasidan, yaqinlaridan, tinchligidan ajralib qolgan kishilar qismatiga nazar solsa bu kunlarimizga qanchalar shukr keltirishligimiz lozimligini anglab yetamiz.
Alloh taolo ne’matlariga shukr aytuvchilarni albatta mukofotlashi va ularga ulug‘ ajru savoblar berishini ham kafolatlagandir.
Hadisi sharif mazmuniga muvofiq bizlar davlatimiz va hukumatimiz tomonidan xalqimiz baxtu saodati, farovonligi, osoyishtaligi va tinchligi yo‘lida qilinayotgan barcha xayrli va ezgu amallariga shukr aytishimiz lozim. Alloh taologa shukrlar bo‘lsinki, muhtaram yurtboshimizning bevosita tashabbuslari bilan ma’naviy qadriyatlarimizni tiklash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, bugun dunyoda bo‘layotgan notinchliklar, iqtisodiy-siyosiy nizolar, noinsoniy xunrezliklar va millatlararo kelishmovchiliklarni yoki ba’zi mintaqalardagi xalqlarni bir burda nonga zor bo‘layotganlarini ko‘rib har bir inson O‘zbekistondagi tinch-osuda farovon hayot va to‘kin dasturxonimiz uchun Alloh taologa cheksiz shukrlar aytishimiz lozim bo‘ladi.
Zero, Hazrati Rasuli akram (s.a.v) hadisi shariflarining birida bunday deb amr qilganlar:
“Sizlarga bir kishi yaxshilik qilsa, albatta, uni mukofotlanglar, agar mukofot uchun biron-bir narsa topa olmasanglar, uni chiroyli duo qilinglar”.
Alloh taolo aziz yurtimizni tinch, hayotimizni yanada farovon aylab, barchalarimizni O‘ziga shukr qiluvchi solih bandalaridan bo‘lishimizni nasib aylasin.

Nurota tumani bosh otinoyisi M.Djumanazarova
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Муфтий ҳазрат Ислом олами уюшмаси Олий Кегашига аъзо бўлдилар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш