Telefondan foydalanish odoblari

1-07-2022, 23:53 admin Мақолалар 7 484

Telefondan foydalanish odoblari

Ilm-fan va texnika taraqqiyoti tufayli erishilayotgan qulayliklar bilan birga, muammolar ham paydo bo‘lmoqda. Ularni hal etish yangi ixtiro etilgan uskunalardan foydalanish odoblariga rioya etishimizga bog‘liq:
1. Uyali telefonda sababsiz ko‘p gaplashmaslik kerak. Bu sog‘liqqa zararli bo‘lishi bilan birga isrof hamdir. Shariatimiz isrofning barcha ko‘rinishlaridan qaytargani ma’lum.
2. Masjidga kirganda telefonning o‘zini yoki ovozini o‘chirish. Shunda namozdagi xushu’ga xalaqit qilmaydi va namozxonlar xayoli chalg‘imaydi.
3. Ilm majlislari va mo‘‘tabar insonlar huzurida telefonni umuman ishlatmaslik. Bunday qilish majlis haybatini saqlashga, ta’lim foydasining mukammal bo‘lishiga va obro‘li insonlar hurmatini joyiga qo‘yishga xizmat etadi. Agar so‘zlashuvga qattiq zarurat bo‘lsa, uzr so‘rab tashqari chiqib so‘zlashish kerak.
4. So‘zlashuvni suhbatdoshga bildirmay yozmaslik yoki boshqalar oldida telefon ovoz kuchaytirgichini yoqib qo‘ymaslik. Bunday qilish oqil kishiga xos ish emas, ayniqsa, suhbat xos va maxfiy bo‘lsa. Chunki bu ham omonatga xiyonat yoki chaqimchilikning bir ko‘rinishidir.
5.So‘zlashuv va yozishuvlar o‘ziga yaqin, mahram kishilar bilan bo‘lishi, nomahramlar bilan faqat zarurat yuzasidangina gaplashish kerak. Bunday qoidaga amal qilmagan odam shubha-gumonlarga, janjallar, hatto fojialarga sababchi bo‘lishi, gunohga qolishi mumkin.
“Yaxshi xulqlarni kamolga yetkazish uchun yuborildim”, deganlar sevimli Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam). U zotga munosib ummat bo‘lish istagidagi har bir insonga yuqorida sanalgan odoblarga amal qilishi, har bir harakat va amalida Islom ta’limotlariga muvofiq ish tutishi lozim. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam): “Mo‘minlarning imoni komillari xulqi chiroyli bo‘lganlaridir”, deganlarini unutmaylik.

Tomdi tuman bosh imom xatibi: Quldashev Nurali Eshmamatovich
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш