Qoraqalpoqdagi voqealarga munosabat

9-07-2022, 01:05 admin Мақолалар 370

#Munosabat

Qoraqalpoqdagi voqealarga munosabat

Bismillahir rohmanir rohiym. Bizlarni o'z ibodatida qoim qilgan Alloh taologa bitmas tuganmas hamdu sanolar payg'ambarimiz Rosululloh s.a.v bitmas tuganmas salovatu salomlar bo’lsin.
Hammamiz yaxshi bilamizki hozirgi bizga ato etilgan tinchlik va osoyishtalikdek ulkan ne’matni ko’ra olmaydigan ayrim qo’shtirnoq ichidagi provakatsiya guruhlari bizni doim sergaklikga chaqiradi. Ular doimo faol va albatta bizni xato qilishimizni kutishadi. Bunday vaziyatda biz qo’ygan har bir noto’g’ri qadam bizga qattiq zarar va yomon oqibatlar olib kelibgina qolmay o’z qabih niyatlarini amalga oshirishlariga ham madad bo’layapti. Misol sifatida hozirgi Qoraqolpog'istonda bo’layotgan barchamizga ma’lum notinch vaziyat ko’ngillarimizni xira qildi. Biz bilan necha asrlardan beri qanchadan qancha zahmat va sitam toshlariga bardosh berib kelgan doimo biz bilan yelkama yelka kelayotgan qardosh xalq ayrim konsititutsiyaga kiritilgan o’zgarishlarni noto’g’ri talqin qilgan provakatorlar tufayli fitna og’ushida qoldi. Bunday holatda qoraqolpoq xalqidan fitnaga aldanmaslikga Payg’ambarimiz Rasululloh s.a.v.ning hadislariga amal qilishga chaqirib qolamiz. Payg’ambarimiz Rasululloh s.a.v aytdilar: “Harj (kuni)dagi ibodat men tomon qilingan hijrat (ziyorat) kabidur” deganlar.
Imom Navaviy ushbu hadisning sharhida bunday deydilar: “Harjdan murod fitna va parokandalikdir. Bunday kunda kam sonli odamlar ibodat bilan mashg’ul bo’lib, boshqalar fitnaga aralashib qoladi. Shuning uchun mustahkam imon-e’tiqod orqali fitna-fasoddan saqlanish fazilatdir”.
Shu sabab fitnaga aralashmasdan u barham topgunicha ibodatga qoim bo’lish va fitnani barham topishini kutishimiz zarur va shartdur. Hozirgi fitnachi guruhlarga ko’tarilgan xalqdan davlat jamiyat manfaati uchun emas o’z nafsi o’zining g’arazli niyatlari yo’lida foydalanishi xalqni xushyorlikga chorlaydi. Xalq o’z jamiyat dardini o’z muammolaridan ustun quyib turgan bir vaqtda bazi provakatorlar o’g’irlik talonchilik bostirib kirish va buzishga harakatlari ko’plab noroziliklar keltirib chiqarmoqda. Bunday holatda aziz qardosh milllatimizni birlikga va fitnalarga uchmaslikga chaqiramiz zero Alloh taolo oyati karimasida marhamat qilganidek: “Barchangiz Allohning arqonini mahkam tuting va bo’linib ketmang”.(Oli Imron 103-oyat). Shunday ekan doimo xushyor bo'lib tinchlik ne’matini qadridga yetaylik.

Konimex tumani bosh imom xatibi: R.Yandashev.

https://t.me/joinchat/AAAAAFLpIinp9zqmIIhY-w
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш