Muomala madaniyati insonparvar jamiyat taraqqiyoti
Mustaqillik sharofati bilan qadriyatlarimizni tiklashga, tariximizni o’rganishga, o’zligimizni anglab yеtishga imkoniyat yaratildi. Ayniqsa, muqaddas dinimiz - Islom diniga e’tiqod qiluvchilarga erkinlik berilishi, uning insoniyat uchun ma'rifat kеltiradigan din ekanligini anglab yеtayotganimiz xalqimiz madaniy-ma'naviy hayotida tub burilish hisoblanadi.
Ma'lumki, inson barcha yaratilganlar orasida ajib va latif bir tabiat bilan ajralib turadi. Bu tabiatda insonning turli-tuman mayllari, orzulari maydonga kеlgan. Masalan, inson eng yaxshi narsalarni istaydi, eng go’zal narsalarga moyillik bildiradi, ziynatli narsalarni orzu etadi, insoniyatga xos sharaf bilan yashamoqqa intiladi. Ana shunday sharaf Islom dinida-xushmuomalalik, shirinso’zlik, ochiq chеhralik, to’g’riso’zlik, muloyimlik, xushzabonlik, shirinsuxanlik kabi qator axloqiy tushunchalar bilan bеlgilanadi.
Inson tabiatida madaniylik, odamlarga aralashish,ular bilan munosabat o’rnatishga moyillik mavjuddir. U o’ziga o’xshagan insonlar bilan uchrashish,do’stlashish, jamlanish, yaxshi aloqalar o’rnatish vaulfat bo’lishni istaydi. Shu bilan birga, inson zotiyolg’izlikni, barchadan chetda bo’lishni, odamlargaqo’shilmaslikni yoqtirmaydi. Insonlar birgabo’lganlarida, omonlikni his qiladilar.
Umumbashariy aloqalar davomida din, vatan, kasb, va boshqa sabablarga ko’ra alohida aloqa vamunosabatlar shakllanishi ham doimiy ravishda bo’libkelayotgan ishlardandir. Jumladan, musulmonlarningo’zaro birodarligi va mazkur birodarlik asosida bir-birlaridagi haqlari borasida shariatning tegishlihukmlari mavjud bo’lib, musulmonlar ularga doimiyravishda ixlos bilan amal qilib keladilar.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Quroni Karim va hadisi Shariflarda, bayon etilgan g’oyalar insoniyat tafakkuri va faoliyatidan ayri holda emas. Ayniqsa, Islom manbalarida insonlardagi muomala madaniyati yaxshilik, burch, adolat, iymon singari odob va axloqtushunchalari bilan uyg’un holda olib qaraladi.
Ushbu musulmonchilik asosidagi birodarlikka oid hukmlar va odoblar shariatning ko’pchilik hukmlarida bayon qilingan. Shulardan quyidagilarni keltiribo’tamiz.
Alloh taolo Hujurot surasida marhamat qiladi:
“Albatta, mo’minlar birodardirlar” (10-oyat)
Va Rasululloh (s.a.v)dan vorid bo’lgan hadisishariflardan birida:
“Nabiy (s.a.v): “Musulmon musulmonningbirodaridir. U unga zulm ham qilmaydi va tashlabham qo’ymaydi”, - deganlar.
Umar (r.a)danv rivoyat qilingan.
Buxoriy, Muslim, Abu Dovud va Termiziylar rivoyatqilganlar.
Shu bilan bir qatorda, kompyuter texnologiyalariningshiddatli taraqqiyoti dunyoning milliardlabfoydalanuvchilariga butunjahon tarmog‘iga kirishimkoniyatini berdi. Natijada har kuni minglab odamlarinternetga ulanib, uning manbalaridan faol ravishdafoydalanmoqda. Ularning ko‘pchiligi ikki asosiymaqsadga ega. Bular – axborot qidirish va qiziqishlaribo‘yicha muloqotda bo‘lish. Turli mavzudagima’lumotlarning ommabop manbalari esa bugungikunda blog, forum va ijtimoiy tarmoqlar hisoblanadi. Tashrif buyuruvchilar tez va osonlik bilan zarurma’lumotni topishi uchun tarmoqning barchafoydalanuvchilari murakkab bo‘lmagan muomalaqoidalariga rioya qilishi lozim.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, har bir inson muomalamadaniyati qonun qoidalariga amal qilmog’i lozim. Zotan, muomala madaniyati insonparvar jamiyattaraqqiyotidir.
Karmana tumani ”Jaloyir” jome masjidi imom-xatibi A.Hakimov