Islomda er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari

15-02-2022, 22:39 admin Мақолалар 874

Islomda er-xotinning bir-biriga nisbatan huquq va burchlari


Dinimiz Islom ta'limotida oilaviy hayot muqaddas narsa hisoblanadi. Chunki, oila jamiyat binosining g‘ishti, bir bo‘lagidir. Agar binoning g‘ishtlari sog‘lom bo‘lsa, bino ham mustahkam bo‘ladi, aks holda bunday bino yemirilish va qulash xavfi ostida qoladi.
Aynan shuning uchun dinimizda oila masalasiga benihoya jiddiy e'tibor qaratiladi, uning mustahkamligi, er-xotin o‘rtasidagi mehr-muhabbat davomiyligini ta'minlash uchun dinimiz Islom o‘ziga xos qonun-qoidalarni joriy qilib qo‘ygan. Oilaviy hayotning asosiy tashkilotchilari va a'zolari bo‘lmish er va xotinning har biriga o‘ziga xos burch va vazifalarni yuklagan, bir-birlariga nisbatan haq va huquqlarni belgilab bergan. Agar er va xotin mazkur qoidalarga amal qilishsa, bir-birlariga nisbatan zimmalaridagi burch va mas'uliyatlarini his qilib, sidqidildan ado etishsa, bunday oila baxt va saodat qasriga aylanadi. Bunday namunaviy oilada tug‘ilgan farzandlar ham go‘zal tarbiya topadilar va kelajakda ulardan jamiyatga foydasi tegadigan buyuk insonlar yetishib chiqadi. Bordiyu, oila boshliqlari ya'ni er va xotin bir-birlarining haq-huquqlarini tanimasalar, balki, ularni poymol qilsalar, tabiiyki, unday oilada tinchlik va xotirjamlik bo‘lmaydi, o‘zaro mehr-muhabbat zavol topadi va oila parokanda bo‘lish va parchalanish xavfi ostida qoladi.
Shu bois ham dinimiz er va xotinning har biriga o‘ziga xos huquqlar ato etib, ma'lum majburiyatlarni ham yuklagan. Mazkur huquqlarning ba'zilari er va xotin o‘rtasida mushtarak bo‘lsa, ba'zilari erga tegishli va yana ba'zilari xotinning o‘ziga tegishli bo‘lgan huquqlar hisoblanadi.
Er – oilaning rahbari. Agar ayol erning itoatida bo‘lsa, farzandlar ham otaga itoat qiladigan bo‘ladi. Oqibatda oilada do‘stlik, ahillik, muhabbat hukm suradi, oila mustahkamlanadi, qut-barakali bo‘ladi. Ayolning eriga itoatsizligi esa oilaning buzilishiga va boshqa ko‘plab noxushliklarga sabab bo‘ladi. Ushbu haqiqatni har bir musulmon oilaning har bir a'zosi yaxshilab tushunib olishi kerak. Shu bilan birga, Allohga gunoh bo‘ladigan ishlarda esa, erga ham, undan boshqaga ham itoat qilish yo‘qligi umumiy qoida ekanini ham bilib qo‘yish kerak.
Masjid: Navbahor tumani “Goyib Ota” jomiy masjidi imom xatibi Salim Temirov
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш