Inson Alloh taologa yaqin boʼlish uchun shariatda koʼrsatilgan biror amalni bajarar ekan, uning ixlosu muhabbati koʼproq savob topish maqsadida bu amalni yana-da koʼrkamroq ado etishga undaydi. Biroq bidʼat degan tushuncha, bilib-bilmay bidʼat amalini qilib qoʼyish xavfi uni oʼz xohish-irodasini amalga oshirishiga toʼsqinlik qiladi. Shuning uchun musulmon kishi bidʼat soʼzining maʼnosi va bunday amallar haqida tushunchaga ega boʼlishi lozim.
Oysha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:“Rasululloh sallollohu alayhi vasallam marhamat qildilar: “Kim bizning ishimizda dindan bo‘lmagan biron bir yangilik qilsa, u rad qilingandir”.Bu amal muomalada – bid'at deb ataladi. Bid'at so‘zining lug‘aviy ma'nosi “yangi boshlangan” deganni anglatadi. Hadisning matnida “kim bizning ishimizda dindan bo‘lmagan bir amalni qilsa”, deb kelmoqda. Ya'ni, har bir yangilik ham bid'at deb nomlanmaydi. Dinga taalluqli narsa yangilik bo‘lgan bo‘lsa, bid'at deb nomlanadi. Har bir bid'at zalolatda deyiladi. Bu amallar qabul qilinmasligi haqida xabar berilyapti. Xurofot esa xalq o‘rtasida odatga aylangan, ammo din ko‘rsatmalariga zid bo‘lgan amallardir. Masalan: ayollarning farzand talab qilib, daraxtga latta bog‘lashlari, yangi kelin-kuyovlarning nikoh kechasi alanga yoqib, uning atrofida aylanishlari va shu kabilar.Odatda kayfiyatga ham, ish faolyatiga ham salbiy ta'sir ko‘rsatuvchi irim sirimlarga, asosan ko‘proq ayollar ishonishadi. Bunga juda ham ko‘p misollarni keltirish mumkin. Masalan kechqurun tirnoq olsa (yoki seshanba,shanba,va hokazo kunlari) bo‘lmaydi, ayol kishi yo‘ldan kesib o‘tsa ishi yurishmaydi, tirik odamni bo‘yini o‘lchab bo‘lmaydi o‘likni o‘lchagandek bo‘ladi. Shanba kuni qo‘ldan pul ketsa faqirlik keladi, nonni dasturxonga toq qo‘yib bo‘lmaydi, a'zali dasturxonga toq qo‘yiladi va yana darvoza tepasiga, hovlidagi ustunlarga osib qo‘yiladigan hayvon bosh suyaklari, taqa, isiriq, qalampir, asalari uyasi shunga o‘xshash narsalar. Yana, qo‘lga, bo‘yinga osilgan ko‘zmunchoqlar, kiyimga qadab qo‘yilgan do‘lana va hokazo juda ko‘plab irim sirimlar bor. Halqimiz orasida irimlarga ishonish orqali, yaxshi va xayrli ishlarning kechikishi, insonlar hayotidagi intizomiy me'zonlarning izdan chiqishi, o‘zaro nizo va fitnalarga sabab bo‘lishiga olib keladi. Bid'at-xurofotdan o‘zimizni va atrofdagilarni saqlaylik Sof va muqaddas dinimizni xalqimizga yetqazaylik.
Agar sunnatlarni tarqatadigan bo‘lsak, bid'atlar o‘z o‘zidan yo‘q bo‘lib boraveradi.Masalan:
– Muazzin azon aytganida u kabi qaytarib turish.
–Tungi tahajjud namozini yengilgina ikki rakat o‘qishdan boshlash.
– Ichimlikni puflamasdan ichish.
– Chap qo‘lda ovqatlanmaslik.
– Suvni birdaniga ichmasdan, uchga bo‘lib ichish.
– Tahorat bilan uxlash.
– Alloh yo‘lida ziyorat qilish.
– Uxlash oldidan to‘shakni qoqish.
– Uy ishlarida ahli-ayoliga ko‘maklashish.
– Yosh bolalarga ham salom berish.
– Erkak kishilar oq kiyim kiyishi.
– Uchrashganda qo‘l berib so‘rashish.
– O‘ng tomonga qarab uxlash.
– Bemorlarni ziyorat qilish.
–Aksa urib to alhamdulillah deb aytmaguncha yarhamukalloh demaslik.
– Kaltakesakni o‘ldirish.
–Yo‘ldan ozor beruvchi narsalarni olib tashlash ham sunnat.
–Ramazon hayitiga chiqishdan oldin xurmodan toq yeb chiqish.
Bundan boshqa sunnatlar ham juda ko‘pdir.
Navoiy shahar “Lochin” MFY Otinoyisi
Hayitova Mahbuba.