Alloh taolo insonlarni turli millat va elat qilib yaratib, ularga Yer yuzini makon tutib, undagi ne’matlardan foydalanib hayot kechirishni buyurdi. Yana bandalariga behisob ne’matlarni ato etib qo‘ydiki, bularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Alloh taoloning O‘zi bu haqda Qur’oni karimda bunday marhamat etadi:
“Agar Allohning ne’mat(lar)ini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, Alloh kechirimli va rahmlidir”.
Ammo insonlarga shuncha ne’matlarini ato etib qo‘ygan Alloh taolo ularni bu ne’matlardan oqilona foydalanishga, tejab-tergab ishlatishga, aslo isrofga yo‘l qo‘ymaslikka chaqiradi. Bu borada Qur’oni karim bunday ta’lim beradi:
“...Shuningdek, yeb-ichingiz, (lekin) isrof qilmangiz! Zero, U isrof qiluvchilarni sevmas”.Isrof dinimizda qattiq qoralangan. Qur’oni karimda isrofning zarari, isrofgarning mazammati haqida bir necha oyati karimalar bor.
To‘ylar, bayramlar, tantanalar va boshqa marosimlardagi isrofgarchiliklar haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Yeyishga yaroqli qancha ne’matlar uvol bo‘lib ketadi. Borgan sari to‘y-hashamlarimiz dabdabali tus olib boryapti, kundan-kunga yangi-yangi turdagi tantana va marosimlar, yangi-yangi turdagi isrofli, dabdabali odatlar paydo bo‘lmoqda. Agar ahvol bu ketishda bo‘lsa, kelajakda bunday marosimlar xalqimiz boshiga ne kulfatlarni solarkin, deb o‘ylab qolasan kishi.Bitta nahorga osh berish uchun ba’zilar kamida yigirma-o‘ttiz ming dollar sarflaydi. Undan keyin yoki undan oldin yana bir talay marosimlar ham bor. To‘y kelar, sabzi to‘g‘rar, nikoh bazmi deymiz. Bu hali hammasi emas. Charlar, chaqiriq, hayit undan keyin qovurdoq, beshikto‘y va hokazolar bor. Yana boshqa turli-tuman xarajatlar ham bor o‘rtada. Dabdabali mebellar, hashamatli pardalar, turli-tuman qimmatbaho sarpolar. Xullas, aql bovar qilmas darajada katta mablag‘lar talab qiladigan ana shunday o‘tkinchi marosimlar uchun umrimizni ketkizib ishlaydigan bo‘lib qolayapmiz. Umr bo‘yi topgan-tutganlarimizni sog‘ligimizni tiklashga emas, yaxshi yeb, yaxshi ichishga emas balki, yuqoridagi dabdabali marosimlarni o‘tkazish uchun yig‘adigan bo‘lib qolyapmiz.
Undan ko‘ra mazkur marosimlarimizni bir oz qisqartirsak, bir oz ixchamlashtirsak o‘zimizga yaxshi emasmi? Bahonada qancha-qancha mablag‘ isrof bo‘lmasdan qora kunlarimizga yarardi. Ozgina o‘zimizga ham tuzukroq qarashga, sog‘ligimizni tiklashga, farzandlarimizga tuzukroq e’tibor qaratishga qo‘limizda imkoniyat paydo bo‘lardi. Katta-katta qarzlarga botib, ahvolimiz parishon bo‘lib yurmasdi. Nima uchun foniy bu dunyoda, sinov dunyosida o‘zimizni bu qadar qiynashimiz kerak? Nimadan qo‘rqamiz? Odamlarni gapirishidanmi? G‘iybatlardan qo‘rqmaylik birodarlar. Odamlarni gapidan qo‘rqib, qarzga botib, dabdabali maroismlarni o‘tkazganimizdan so‘ng ertaga ahvolimiz tang bo‘lib qolsa, o‘sha odamlar qutqaradimi bizlarni?! O‘sha odamlar besh-o‘n so‘mdan pul berib yordam qiladimi?..
Bundan tashqari, ertaga bunday isrofgarchiliklardan, albatta, qiyomat kunida so‘ralamiz. Bitta farzandining to‘yi uchun butun boshli bir hovli-joy qilsa bo‘ladigan pullarni sovurayotganlar qiyomat kunida nima deb javob beradi? “Undan ko‘ra o‘sha pulingning yarmini qiynalayotgan, kam ta’minlangan xonadonlarga bo‘lib bersang bo‘lmasmidi, qarindosh-urug‘ingdagi hojatmandlarning hojatini chiqarsang bo‘lmasmidi, molu dunyoni senga nima uchun berdik, mana shunday dabdababozliklar uchunmi?” deya so‘roqqa tutilsa, isrofgar banda nima deb javob beradi?! Hech shu haqda o‘ylab ko‘rganmizmi? Azizlar mana shu haqda yaxshilab o‘ylab qo‘yaylik. Ertaga qiyomat kunida beriladigan savolga javob topib qo‘yaylik. Javobimiz ham to‘g‘ri bo‘lsin, shar’an o‘rinli javob bo‘lsin... Agar aytadigan javobimiz o‘rinli javob bo‘lmasa, holimizga voy bo‘ladi, na’uvzu billaah...

Navoiy shahar “Lochin”MFY Otinoyisi
Hayitova Mahbuba.
Hayitova Mahbuba.