Ey, odamlar!

23-10-2023, 18:56 admin Мақолалар 245

“Ey, odamlar! Sizlarni bir jondan yaratgan va undan uning juftini yaratib, ikkovlaridan ko‘plab erkagu ayollar taratgan Robbingizdan qo‘rqinglar! Nomini ishlatib bir-biringizdan so‘rovda bo‘ladiganingiz Allohdan va qarindoshlik (aloqalari) dan qo‘rqing. Albatta Alloh ustingizdan raqobat etuvchi Zotdir. (Niso 1-oyat)
Ey, iymon keltirganlar! Allohga taqvo qilinglar va to‘g‘ri so‘z so‘zlanglar. U zot sizning amallaringizni solih qiladir va gunohlaringizni mag‘firat qiladir. Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk zafarga erishibdir. (Ahzob surasi 70-71-oyatlar)

Alloh taoloning go‘zal ismlaridan biri “Barr” dir. Ya’ni ulug‘ yaxshilik qiluvchi. Din ushbu lug‘aviy va istiloxiy ma‘no va hamda ta‘riflarni bilib olganimizdan keyin o‘zimizga yangilik yaratish maqsadida “Barr” ni o‘z tilimizda bir og‘iz so‘z bilan ifoda etish uchun “yaxshilik” ishlatishga kelishib olsak qulay bo‘ladi.
Qur‘oni Karimda yaxshilik haqida bir qancha oyatlar kelgan. Keling, mazkur oyatlarni ba‘zilari bilan tanishib chiqaylik.
Alloh Taolo shunday marhamat qiladi:
Yaxshilik yuzingizni mashriq yoki mag‘rib tomonga burishingiz emas. Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalarga, kitobga, Payg‘ambarlarga iymon keltirsa va yaxshi ko‘rgan molini qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yo‘qsil yo‘lchiga, tilanchilarga va qul ozod qilishga bersa, namozni qoim qilsa, zakot bersa; Ahd qilganda ahdiga vafo qiluvchilar , kambag‘allik, qiyinchilik paytida va shiddat vaqtida ham sabr qilguvchilarga xosdir. Ana o‘shalar sodiq bo‘lganlardir. Ana o‘shalar taqvodorlardir. (Baqara surasi 177-oyat)
Odatda odamlar yaxshilik matlub ekanligi haqida ixtilof qilmaydilar. Har kim o‘zining yo‘lini yaxshi deb tushunadi. Birlari yaxshilik deb tushungan narsalari boshqalari mutlaqo yomonlik deb tushunishlari ham mumkin. Demak, yaxshilikning haqiqatini mazkur hollardan ustun turuvchi jihat belgilashi kerak. Alloh Taolo yaxshi degan narsalardir yaxshilik ma’lum bir harakat yoki gap so‘zlarni o‘zicha qilish va aytish bilan bo‘lib qolmasligini Alloh taboraka vataolo ta’kidlamoqda so‘ngra esa yaxshilik nimaligini ta’riflashga o‘tib, “Lekin yaxshilik kim Allohga, oxirat kuniga, farishtalariga, kitobga, nabiylarga iymon keltirgan va molini yaxshi ko‘ra turib, yaqin qarindoshlarga, yetimlarga, miskinlarga, yo‘qsil yo‘lchiga, tilanchilarga va qul ozod qilishga bergan hamda namozini to‘kis ado etgan, zakotni bergan kishi hamda ahd qilganga, ahdiga vafo qiluvchilar, yo‘qchilik, qiyinchilik va shiddat vaqtida sabr qiladiganlarnikidir”.
Shunday qilib, Alloh taolo bitta oyatda e’tiqod asoslarini, jon va mol ibodatlarini birlashtirib, bir-biridan ajramaydigan qilib ta’riflab, ularning hammasiga “Yaxshilik” deb sarlavha qo‘yibdi.
Shuning uchun ham ushbu unvon ostiga dohil bo‘lib unga amal qilganlarni Alloh taolo: ” Ana o‘shalar sodiq bo֯lganlardir, ana o‘shalar taqvodorlardir” deb ta’riflamoqda.
Ha o‘shalar iymonida, Islomda sodiq bo‘lganlardir
Ana o‘shalar aqiydasida, amalida solih bo‘lganlardir.
Ana o‘shalar Alloh taoloning aytganiyu qilishini bilib, qaytrganidan qaytgan taqvodorlardir.
O‘tgan azizlarimizdan So‘fiyon Savriy ushbu oyatni o‘qib turib “Yaxshilikni barcha turi shu oyatdadir” deganlar. Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: Kim shu oyat bilan sifatlansa Islomning barcha sohalariga kirib yaxshilikning boshidan tutgan bo‘ladi degan.
Alloh taolo barcha musulmonlar qatori bizni ham yaxshiliklar bilan xulqlantirsin amallarimiz bezasin toki Allohga pokiza qalb bilan yo‘liqaylik.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш