Rajab oyi islom dinida muqaddas hisoblangan to‘rt oydan biri bo‘lib, Alloh tomonidan ulug‘langan oy sanaladi. Bu oy mo‘min-musulmonlar uchun ibodat va tavba qilish, Allohga yaqinlashish hamda gunohlardan poklanish uchun katta imkoniyatdir. Rajab oyining fazilatlari va unga xos ibodatlar haqida Qur’on va hadislar asosida tushunchalar berilgan. Rajab oyining fazilatlari: muqaddas oy sifatida ulug‘lanadi.
Rajab oyining fazilati haqida Alloh Taolo Qur’onda shunday marhamat qiladi:
“Albatta, osmonlar va Yer yaratilgan kundan boshlab, Allohning nazdida oylarning soni o‘n ikkidir. Ulardan to‘rttasi hurmatli oylardir. Ana shu to‘g‘ri din (hisobidir). Bas, ularda o‘zingizga zulm qilmang.” (Tavba surasi, 36-oyat)
Bu to‘rtta oy – Zulqa’da, Zulhijja, Muharram va Rajab oylaridir. Bu oylar hurmatli hisoblanib, ularda gunohlardan tiyilish va ibodatlarni ko‘paytirish lozimligi ta’kidlanadi.
Rajab oyi – istig‘for va tavba oyidir: payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) Rajab oyiga alohida e’tibor berib, ushbu duoni o‘qiganlar:
“Allohumma barik lana fi Rajaba va Sha’bana va ballig‘na Ramazona.”
(Ma’nosi: “Ey Alloh, Rajab va Sha’bon oyini biz uchun barakali qilgin va bizni Ramazon oyiga yetkazgin.”)
Bu oy Allohning rahmati keng tarqaladigan davr bo‘lib, bandalar gunohlaridan tavba qilib, kechirim so‘rashlari uchun eng qulay fursatlardan biridir.
Rajab oyida savoblar ko‘payadi: rajab oyida bajarilgan ibodatlar boshqa oylardagidan ko‘ra ko‘proq savobga ega bo‘lishi haqida rivoyatlar bor. Hadislarda aytilishicha:
“Rajab Allohning oyi, Sha’bon mening oyim, Ramazon esa ummatimning oyidir.” (Bayhaqiy, “Shu’abul imon”)
Bu hadis Rajab oyining Allohga xosligi va uning katta fazilatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Rajab oyida qilingan namoz va ro‘za savobi:
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Rajab oyida ro‘za tutishni tavsiya qilganlar:
“Kim Rajab oyida bir kun ro‘za tutsa, Allohning roziligiga erishadi. Kim uch kun ro‘za tutsa, unga jannat vojib bo‘ladi.” (Bayhaqiy, “Shu’abul imon”)
Rajab oyining muhim kechalari
Me’roj kechasi (27-kecha)
Bu muborak tun Rasululloh (s.a.v) Alloh huzuriga ko‘tarilgan va ummatiga besh vaqt namoz farz qilingan kecha hisoblanadi. Me’roj kechasi musulmonlar uchun muhim bo‘lib, bu kechada ibodat va duo qilish tavsiya etiladi.
Shuningdek, Rajab oyida kechki namozlarni ko‘paytirish, nafl namozlarini o‘qish va qur’on tilovat qilish lozim.
Rajab oyi – Allohning rahmati yog‘iladigan oy bo‘lib, bu oyda gunohlardan poklanish, tavba va istig‘for qilish, nafl ibodatlarni ko‘paytirish tavsiya etiladi. Ushbu oyda ro‘za tutish, qur’on o‘qish va sadaqa qilish inson uchun katta savob eshigini ochadi. Shuning uchun Rajab oyini mo‘min-musulmonlar ibodat bilan o‘tkazishi lozim.
Alloh barchamizga bu oyning fazilatlaridan to‘liq bahramand bo‘lishni nasib qilsin!

Navoiy viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo’yicha
o’rinbosari G.Usmonova