Ramazon oyining fazilatlari.

19-03-2023, 00:45 admin Мақолалар 435

Ramazon oyining fazilatlari.

Zamon va makonlarning ba'zilarini ba'zilaridan fazilatli qilish Olloh taoloning hikmatidir. Ka'ba va Masjidi Nabaviyda o‘qilgan namozdan fazilatlidir. Shuningdek, Ramazon barsha oylar ichida fazilatda tengsizdir. Ramazon arabcha "ramzo" so‘zidan olingan bo‘lib, yomg‘ir ma'nosini anglatadi. Yomg‘ir yer yuzi g‘uborini yuvgandek, Ramazon ro‘zasi bandalarning gunohlarini yuvib, qalblarini poklaydi. U oyda qilingan solih amallar gunohlarga kafforat bo‘lish uchun ham shundan nomlangan. Ro‘za bizdan oldingi ummatlarga ham farz bo‘lgan qadimiy ibodatdir. Olloh taolo ro‘za tutishni farz qilish bilan Ramazon oyini sharafladi. Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam): " Alloh taolo Ramazon oyi ro‘zasino farz qildi. Men uning kechalarida ibodat qilishni sunnat qildim. Ramazon ro‘zasini tutib, kechalarida qoim bo‘lgan odam onadan tug‘ilgan kunidagi kabi gunohlardan forih bo‘ladi", dedilar. Abu Hurayra ( roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: "Payg‘amarimiz ( sollollohu alayhi va sallam): "Ramazonning birinchi tuni bo‘lsa, shaytonlar va jinlar kishanlanadi, do‘zah eshiklari yopilib, qayta ochilmaydi, jannat eshiklari ochiladi va qayta yopilmaydi. Har tunda : "Ey yaxshilikni istovchi, unga intilgin, ey yomonlikni xohlovchi, undan to‘xtagin, har kimsa Olloh izni bilan do‘zahdan ozod bulur", deb nido qiladi, dedilar.
(Imom Ahmad, Bayhaqiy).
Ramazonning yana bir fazilati-unda ming oydan ham afzal Qadr kechasi bordir. Taroveh namozi Ramazon oyining gultojidir. Ibn Hakam aytadi: "Imom Molik rahmatullohi alayh Ramazon kelsa, hadis o‘qish va ilm ahli bilan majlis qurishdan qochar, Qur'onga berilib ketar edi".Kim imon va ihlos bilan savob umidida Ramazon tunlarida qoim bo‘lsa, avvalgi gunohlari kachiriladi, dedilar(Imom Buxoriy, Imom Muslim)rivoyati.
Qushchinor M.F.Y otinoyisi Pardayeva Sanobar.17.03.2023.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Муфтий ҳазрат Ислом олами уюшмаси Олий Кегашига аъзо бўлдилар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш