Biz sog'ingan Ramazon
Muqaddas islom dinining asosiy ulug‘ ruknlaridan biri ro‘za ibodatidir. Ramazon ochlik, tashnalik, nafsni qiynash bilan Alloh taologa qurbat, taqvo hosil qilinadigan buyuk oydir. Alloh taolo bandalari uchun har ikki dunyo saodatini ko‘zlab bu ibodatni islomning ulug‘ farzlari qatoriga qo‘shgan. Ro‘za nafaqat Muhammad (s.a.v)ning ummatlariga, balki avvalgi payg‘ambarlarning ham ummatlariga ham buyurilgandir.
Ramazon ro‘zasi Hazrati Payg‘ambarimiz (s.a.v) Madinaga hijrat qilganlaridan so‘ng, hijratning ikkinchi yili sha’bon oyida farz qilingan. Ramazon oyi ro‘zasini tutish Qur’oni karim, Sunnati nabaviy va Ijmoi ummat bilan sobit bo‘lgan.
Alloh Taolo Baqara surasining 183-oyatida marhamat qiladi: «Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz».
Ushbu oyati karima bilan dinimizning beshta asosiy ustunlaridan bo‘lgan ramazon ro‘zasi farz bo‘ldi.
Ramazon ro‘zasi farz bo‘lishidan avval ham payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v) o‘z ixtiyorlari bilan har oyda uch kun ro‘za tutar, muharram oyining o‘ninchi kunining ro‘zasini ham ado etar edilar. Rasululloh (s.a.v) o‘zlarining muborak hadislarida ro‘za ibodatining farz ekanligini ko‘p takrorlaganlar:
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar (s.a.v) dedilar: «Sizlarga muborak ramazon oyi keldi. Alloh azza va jalla uning ro‘zasini tutmoqlikni farz qildi. Unda osmonlarning eshiklari ochiladi. Unda jahannamning eshiklari yopiladi. Unda shaytonlar kishanband qilinadi. Unda Allohning bir kechasi bo‘lib, u ming oydan yaxshidir. Kim u kechaning yaxshiligidan mahrum bo‘lsa, batahqiq (juda ko‘p narsadan) mahrum qolibdi» — dedilar. (Nasoiy va Bayhaqiy rivoyati)
Ro‘za eng uzun ibodatlardan biri sanaladi. Boshqa ibodatlarning vaqti juda qisqa bo‘ladi. Ro‘za ibodati bizning o‘lkalarda kun eng qisqargan vaqt — qishga to‘g‘ri kelsa, 11-12 soat davom etadi. Kun eng uzun vaqt — yozga to‘g‘ri kelsa, 17-18 soat davom etadi. Bu ro‘za ibodatida riyo bo‘lmaydi. Boshqa ibodatlarda biroz bo‘lsada riyosi bor, namoz o‘qisak hamma ko‘radi. Zakotni yashirib bergan taqdirda ham zakot oluvchi buni biladi. Haj ibodati ham barcha biladigan ibodatdir. Ammo ro‘zani Alloxdan boshqa hech kim bilmaydi. Shuning uchun savobini Allohning o‘zi beradi. Hadisi qudsiyda aytiladi:
Abu Hurayra roziyallohu anhu ushbu hadisi qudsiyni rivoyat qiladilar: Rasululloh (s.a.v) marhamat qiladilar: «Alloh taolo aytadiki: «Har bir yaxshi amal uchun o‘n barobardan yetti yuz barobargacha savob beraman, faqat ro‘za bundan mustasno. U men uchun tutiladi, uning ajrini ham o‘zim beraman.» — degan» (muttafaqun alayh).
Bundan tashqari siz-u bizlar bilgan bilmagan hikmatlar bor, uni aytib adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Alloh taolo barchalarimizni bu muborak , qutlug‘ oyda ojizlik bilan tutayotgan ro‘zalarimizni qabul aylasin.
Bugungi kunda yurtimizda musulmonlar uchun barcha shart sharoitlar yaratilgan bo'lib, masjidlar soni kundan kunga ko'paymoqda bu esa taroveh nomozini ado etmoqchi bo'lgan musilmonlarning uzog'ini yaqin qilmoqda.
Bu oyni g‘animat bilib, komil inson fazilati bilan mohi ramazoni sharifni oxiriga yetkazmoqlikni nasib etsin. Alloh bu muborak kunlarni ro‘za, toat-ibodat, Qur’oni karim tilovati, xatmi Qur’onga some’ bo‘lishlik, kishilar qalbiga xursandchilik solishini nasib etsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, rizqimiz but bo‘lib, kelasi yilgi ramazonga barchamizni salomat yetib borishimizni nasib etsin.
Tomdi tuman bosh imom xatibi: Qo'ldashev Nurali Eshmamatovich