"Telefon va internet tarmoqlaridan foydalanish va uning odoblari".

6-02-2024, 12:57 admin Мақолалар 433

"Telefon va internet tarmoqlaridan foydalanish va uning odoblari".
Alloh taolo insonni o’zini yerdagi halifasi qilib yaratib unga aql berib uni aziz-u mukarram qilganini aytadi.
Alloh bergan aql tafakkur ila inson nimalarnidir kashf qiladi, ixtiro qiladi. Shulardan biri, hozirgi kunimizda hayotimizni ajralmas qismiga aylangan telefonlardir.
Qadimgi davrda telefon mavjud bo’lmagan shuning uchun insonlar kimlar bilan gaplashish yoki biror xabar bermoqchi bo’lsalar xat tashuvchi kabutar yoki xabarchilardan foydalanganlar. Keyinchalik pochta xizmatidan foydalanishgan. 19-asr oxiri 20-asr boshlarida simli telefonlar ixtiro qilindi. Qanchadan-qangacha insonlar mushkuli oson uzog’i yaqin bo’ldi. 20-asr o’rtasiga kelib simsiz ya’ni uyali aloqa vositalari yaratildi.
U oldingidan ham qulay uni insonlar yonida olib yurishlari mumkin edi. Ba’zi insonlar telefonga shunday bog’landiki, telefonsiz hayotlarini tasavvur qilolmay qolishdi. Undagi internet esa xohlagan programma yoki ma’lumotlarining ko’pligi insonlarni shoshirib qo’ydi.
Ba’zi insonlar telefonga shunchalar bog’landiki uni hayotidan ham afzal bilishdi. Telefondan ko’zlarini uzolmay kunlarini tunga tunlarini kunga ulashdi.
Telefonga ketayotgan vaqt ko’z nurlariga achinishmaydi ham. Atrofga, ilm olishga befarq, hattoki, shu telefon sababli ba’zi oilalar buzilib ketmoqda. Aslida telefon biz uchun Allohning ne'mati hisoblanadi. Telefon sabab yillab gaplasholmay, ko’risholmay yurgan yaqinimiz bilan muloqot qilishimiz mumkin.
Chet el yoki uzoq viloyatlarda o’qiydigan, ishlaydiganlar bilan internet orqali bemalol ko’rib gaplashish imkoniyatiga egamiz. Telefon yomon emas aslida undan to’g’ri va kerakli o’rinda foydalansak bas. Masalan, ilm olish yo’lida, borib ko’rishga imkonimiz bo’lmagan yaqinlarimiz bilan telefon orqali gaplashishimiz, o’z sohamizga doir kerakli mavzu matnlarni olishimiz ham mumkin.
Har bir yomon narsaning yaxshi tarafi bo’lgani kabi telefonnining ham foydali jihatlari ko’p. Bizning kelajak avlodlarimiz ajdodlarimiz kabi buyuk, dono, ziyrak bo'lishlari lozim. Xuddi ajdodlari kabi Islomda yetakchilaridan, ilmda eng ilg'orlardan bo'lishlari kerak va ularga bu yo'llarida telefon va internet kabi vositalar to'siq bo'lmasligi kerak.
Zarafshon shahri "Nabruz" mfy otinoyisi Rahimova Gavhar.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш