Internetda o’zini reklama qilib do’zaxga qadam tashlayotgan ayol va qizlar

27-07-2022, 17:45 admin Мақолалар 253

Internetda o’zini reklama qilib do’zaxga qadam tashlayotgan ayol va qizlar

Bismillahir rohmanir rohiym

Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoq va undagi qulayliklardan unumli foydalanayotgan insonlar juda ko'p ammo hozirgi davr yoshlari o'z nafaslari va erklariga oʻzlarini taslim qilib ijtimoiy tarmoqlarda oʻzlarini butun dunyoga koʻz koʻz qilib qisqa qilib aytganda reklama qilishmoqda. Haqiqiy muslima va oʻzbek ayoli nomiga dog' tushurayotgan bu toifa qizlar jamiyatda faxsh va nafsga tobelikga yaqqol misol boʻlishayapti. Oʻzlarini xalq oldida uyalmay namoyon etishlari oʻzlariga moddiy foyda berishayaptimi yoki yoqmi bunisi bizga qorongʻu lekin ular bu ish bilan oʻz or nomusini toptab ota onalariga va yaqinlariga isnod boʻlishayapti hamda oxirat olovlarini yanada kuchli yonishiga sababchi boʻlishayapti. Alloh taolo faxsh va munkar ishni yoqtirmaydi . Kimki o’zini musulmonman deb hisoblasa Alloh taoloni hukmlarini bajarishi va Alloh taologa qalban o’zini yaqin olishi kerak. Ammo hozirgi kundagi opa singillarimizni qilayotgan hatti harakatlari dinimiz shariat qadriyatlarimizga ota darajada hilofdir. Bazi toifa qizlarda romol va hijobni ozlariga obunachi yigish uchun niqob sifatida qollashlari bu katta qabihlik va ularni qalblarini razolatidan dalolatdir. Oz birodari haqida yomonda gumonda bolish mumkin emas ammo bu hayodan hazar qiladigan ayollar toifasini namozlari va Allohga ozlarini qalban yaqin tuta olmasliklari ularni faxshdan qayta olmasliklariga katta sabablardandir chunki Alloh taolo oyati karimasida “Albatta namoz faxsh va munkar ishlardan qaytarur” deb marhamat qilgandir. Payg`ambarimiz s.a.v : ”Qaysi bir xalqda fahsh tarqalsa, hatto uni e’lon qilsalar, ularda ota bobolarida bo’lmagan o’lat va yuqumli kasalliklar tarqaladi” deb aytganlar. Alloh taolo barchamishga insofu tavfiq rushdi hidoyat nasib qilsin.

Konimex tumani bosh imom xatibi: R.Yandashev

https://t.me/joinchat/AAAAAFLpIinp9zqmIIhY-w
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Муфтий ҳазрат Ислом олами уюшмаси Олий Кегашига аъзо бўлдилар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш