“Biz terorizmga qarshimiz”.
Albatta, buguni kunda dunyo musulmonlari boshidan kechiryotganga o’xshash jarayonlar, ularning kelib chiqish va kechishi omillariyu, sabablari nihoyatda murakkab ekani hammaga ayon haqiqatdir. Muammoni hal qilish uchun mazkur sabablar va omillarni yaxshilab o’rganish hamda ularni bartaraf etishga hamjihatlikda harakat qilish lozim bo’ladi. Bunda har sohaning o’z odamlari va mutahassislari faol bo’lishi o’ta ahamiyatlidir.
Aytib o’tilganlardan xulosa chiqaradigan bo’lsak hozirgi kunda musulmonlar boshiga tushib turgan musibatlarning asosiy sabablaridan biri diniy ilmlarni yaxshi bilmaganlarning diniy ishlarga aralashishi va kezi kelganda bosh bo’lishidir, desak mubolag’a bo’lmaydi. Bemazhablik, Islomni hayotga tatbiq qilishda Rasululloh solallohu alayhi vasallam va sahobalarning yo’lini tutgan ulug’ mujtahid imomlarni ilmsizlikda ayblash va Qur’oni Karim va Sunnatga amal qilishni o’ziga niqob qilib olib shuhrat talashish musulmonlar ommasini kofirga chiqarish turli urush-janjallarga o’ch bo’lish kabi narsalar ham xuddi o’sha chalasavodlarning allomalikni da’vo qilishlaridan kelib chiqgandir.
Shu o’rinda savol tug’uladi “Avvalari musulmonlar olamida diniy ilmni bilmaganlarning bu kabi o’ta ahamyatli va xasos ishlarga aralashishlariga qanday qaralgan?” degan savol tug’uladi. Qadimda bu savolga hujjat va dalillar bilan javob berib kelingan.
Avf ibn Molikdan rivoyat qilinadi:
“Nabiy solallohu alayhi vasallam :Odamlarga faqat amir yoki ma’mur yoki riyokorgina gapiradi- deganlar”
Abu Dovud va Ahmad rivoyat qilganlar
Birinchi navbatda musulmonlarga amri ma’ruf, nahiy munkar, va’z nasihat qilish huquqiga o’sha amir haqli bo’ladi.
Ikkinchi navbatda esa ma’mur- haqli tomondan , ma’sul kishi tarafidan shu ishga buyurilgan shaxs haqli bo’ladi
agar mazkur sifatlarga ega bo’lmagan kishilar bu ishlarni qilsalar , o’zlarini bilimdon qilib ko’rsatish uchun riyokorlik qilayotgan bo’ladi. Shu yo’l bilan musulonlar ichida obro’ qozonmoqchi, ularning ishonchiga kirmoqchi bo’ladilar. Aslida esa aldamchilik qiladilar. Musulmonlikni quruq gap bilan emas chin ixlos bilan Islomga amal qilish bilan targ’ib qilish lozim.
Afsuski ichmizda shu qabilidagi riyokorlar juda ko’p. Oq ko’ngil musulmonlar haqiqiy olim kim, riyokor-qallob kim buni yaxshi bilib olishlari kerak. Buning uchun islomni o’rganish, haq nohaq gaplarni farqlay bilish, haqiqiy ulamolarga quloq osib, riyokorlardan saqlanish lozim
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi
Nabiy solallohu alayhi vasallam: “ Kimga ilmsiz ravishda fatvo berilsa, buning gunohi unga fatvo berilgan kimsaga bo’ladi. Kimki to’g’rilik boshqa tarafda ekanligini bilib turib, o’z birodariga boshqa bir ishni ko’rsatsa, batahqiq unga xiyonat qilgan bo’ladi” deganlar
Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar
Payg’ambarimiz solallohu alayhi vasallam o’zlarinig ushbu hadislarida ikki muhim masalalarni bayon qilmoqdalar
birinchisi ilmsiz kishining fatvo berishi mumkin emasligi
ikkinchisi bilib turib birovga noto’g’ri yo’l ko’rsatish xiyonat ekanligi.
Shariat ahkomlarini biladiganlar Islom ta’limotlarini, shariat hukmlarini to’g’riligicha yetkazsin, agar to’g’risini aytish joniga tahdid soladigan bo’lsa unda jim tursin to’g’ri yilni bila turib teskarisini aytmasin. Qanchadan qancha odamlar shu birgina gapi tufayli zalolatga ketishi, gunohkor bo’lishi ga sababchi bo’lib qolmasin. Besh kunlik dunyoning matohini deb o’zing va o’zgalarning ham oxiratini kuydurmasin.
Zarafshon shahar bosh imom xatibi K.Shodmonov.