Sog‘inch ila ko‘z yumgan
Onajonim sehirli duosi.
Odam zotining juda ko’p xatosi tilidan ekanligini hammamiz bilamiz. Ammo shuni bila turib g’iybat qiladigan, birovlarga malomat qilishdan, yolg’onlar to’qishdan to’xtamaymiz. Gunoh ustiga gunoh qilamiz. Rasululloh sollollohu alayhi va salom aytadilar: << Rabbim azza va jalla meni me’rojga yuksaltirganda tirnoqlari misdan bo’lgan bir qavm oldidan o’tdim. Ular yuzlari va ko’kraklarini tirnayotgan edilar.Men : ,,Ey Jabroil, alayhisalom: ,,Ular kim?”,,Ular kimlar”-deya suradim. Jabroil alayhisalom: ,,Ular odamlarning go’shtlarini yeydiganlar va sha’nlarini bulg’aydiganlar”- deya javob berdi>>(Jome us-sahih) Endi tasavvur qiling. O’lgan birodaringizning go’shtini xomligicha tishlab chaynayotganingizni. Naqadar yoqimsiz manzara-a?! Yolg’on malomat va g’iybat domiga tushgan farzandlari sog’inchi va alamli iztirob ila dunyodan ko’z yumgan onaizor haqida bir hikoyani sizlarga havola etmoqchiman.
G’affor ota qabriston yonidan o’tib ketayotgan edi. Bir yosh yigitning qabr yoniga o’tirib tinmay yig’layotganini va nimalardir deyayotganini eshitib sekin yoniga bordi. Yigit otaning boorganini sezmadi ham.U tinmay:,,Onajonim men nodon o’g’lingizni kechiring. Men yoshlik qildim. Buvim ammam va amakimlar so’zlariga kirib sizni qattiq xafa qildim. Sizni betobligingiznibila turib sizdan xabar ololmadim.Borishimga buvimlar ruxsat bermadilar..G’aflatda qoldim;-deb tinmay edi. Ota qo’llarini yigitning yelkasiga qo’ydi. Yigit seskanib ketti va turib otaxonni bag’riga bosib, xo’ng-xo’ng yig’ladi ,,O’g’lim o’rningdan tur, onangga ozor berma. Dardingni menga ayt. Zora yengil tortsang’’ deb yigitni bag’riga bosdi.
Voqea bunday bo’lgan edi. Yig’layotgan Xurshidbek qalbini tirnayotgan alamli voqeani otaxonga so’zlab berdi: ,,Onam xolasiga kelin bo’lgan edi. Soddagina onajonim maktabni tugatib otamga turmushga chiqgan edi. Ular juda baxtli yashashardi. Oilamizda hech ham janjal bo’lmagan. Onam toza, ozoda, hamma ishlarni joy joyiga qo’yar, chiroyli nonlar yopib, shirin-shirin taomlar pishirar edi. Lekin juda sodda edi. Buvim qo’lini sovuq suvga ham urmas, faqat segaret chekib televizor ko’rib o’tirar edi. Ro’zg’or yumushlarining hammasi onamning bo’ynida edi. Onam yettita farzandni ko’rib to’rttasini yuvib tarab katta qilgan, uchtasini yerga bergan edi. Onam sabrli ayol edi. Kasal bo’lsa ham doktorga bormas edi, chunki qaynonasi davolanishini xoxlamas edi. Ahvol shu darajagacha bordiki ovqat yeyolmay yotib qoldilar. Men o’shanda 13 yoshda edim. Shifokorlar oshqozon yarasi bor ekan uni opiratsiya qilmasa bo’lmaydi deyishdi. Kichkina singilcham 6 yoshda edi. Tog’amning xotini yangam unga qarab turish uchun olib kettilar. Shifoxonada tekshiruvdan o’tganda o’pka sili ham bor ekan, opiratsiya qilib bo’lmaydi deyishdi va o’pka sil kasallar shifoxonasiga o’tkazib yuborishdi. Sil besh oy, yetti oy yotib davolansa yaxshi bo’lardi deyishdi. Qaysidir shifokor ammamga keliningizni o’pkasida kasallik bor ekan. Uni bo’lak qilib, idish tovoqlarini alohida qilinglar, sizlarga, bolalaringizga ham yuqmasin deb aytibdi. Uni og’ir qilishi mumin emas debdi. O’sha kuni ammamlar, amakimlar yig’ilishib keliningiz ish qila olmasa, ustiga-ustak shifoxonada uzoq vaqt yotsa uyni ishlarini kim qiladi, bolalarga kim qaraydi deb dadamni uylantirmoqchi bo’lishdi . Dadam ko’nmadilar. Ammo dadamlarni majburan ko’ndirdilar. BIr tug’magan ayolni olib kelib berishdi. Onajonim bundan bexabar edi. Bir kuni bizni ko’rgani uyga keldilar. Bu voqeani eshitib daxshatga tushdi. O’zini poyezd yo’liga tashlab o’ldirmoqchi bo’ldi.Dadam tog’am va yangamni chaqirishdi. Dadam ularga ikkilasiga ham qaramayman. Men ilojsiz uylanganman dedilar. Tog’am onamni uylariga yupatish uchun olib ketdilar. Ammo biznikidan biror kishi shifoxonaga ham, tog’amlarnikiga ham onamni so’rab borishmadi.Ushanda onajonim qanday ahvolga tushgan ekan. Qanchalar bizni sog’ingandir. Onajonim bir kun akasiga ota-onam qilgan narsalarni olib kelaman. Ular kundoshimga qolmasin. Endi ular mendan vos kechishdi. Mendan bir martta ham xabar olishmadi deb turib oldi. Tog’am yangamni ko’rib bir mashina bilan biznikiga yubordilar. Onam mahalla bilan narsalarni olib ketgani uyimizga kelganida ko’kragidan itarib meni uzim chaqirib yubordim. Chunki buvim, ammam va amakimlar bizni yolg’on gaplar bilan zaxarlab tashlagan edi. Onang bolalaring menga kerak emas deb sizlarni tashlab ketgan. U birovlar bilan gaplashib yuradi deb yolg’on gaplarni to‘qishgan. Onajonim bu ishlarni ishonmasamda buvimlarni gapiga kirganman. Chunki onam farishtadek ayol edi. U eshik hatlab ko’chaga chiqmas, oilasiga sodiq dadamni juda yaxshi ko’rar edi. Buvim onang o’pka kasal,sizlarga ham yuqadi deb kasalligini pesh qilgan edi. Onam o’pka kasallar shifoxonasida 3-yil davolandi, lekin kundan-kunga og’irlashibdi. Tog’amni xotini amakimlarga bir necha bor bolalarini olib kelib onasini ko’rsatinglar, uni ahboli og’irlashdi deb aytsa ham bizlarni olib borishmagan. Onamni akasi Samarqandga olib borib operatsiya qildiribdi. Tog’am qo’lidan kelganchaharakat qilibdi. Onam sog’ayibdi. Akamga og’irim tushmasin deb turmushga chiqibdi. Lekin bizlarni rosa kutibdi.
Shu orada maktabni tugatib men uylandim. Biz farzandli bo’la olmadik. Bir kishi menga sen onangni dilini og’ritgansan,onangni duosini olgin, balki shuning uchun farzandli bo’lmayotgandirsan dedi.U kishini gapi bilan bir kuni uydagilarga bildirmasdan onamni ko’rgani bordim. Onam meni tanimadi. Men o’g’lingiz Xurshidbekman dedim.Onamning ko’zlari sevinchdan porlab ketdi va meni quchoqlab bag’riga bosdi. Munisgina onajonim meni ko’rib yuragidagi dard alamlari unut bo’ldi. Biz uzoq vaqt suhbatlashib o’tirdik. Soddagina beg’ubor onajonim yuragidagi bor dard alamlarini menga so’zlab berdi. O’sha vaqtda onamni sog’ligi yomonlashib, yana tog’amlarnikiga qaytib kelgan ekan.
Operatsiyadan keyin 10 yil yaxshi yashabdi. Ammo g’am-alam farzandlar sog’inchi onamni adoi tamom qilibdi. Onang kasal deb bizlarni onamga berishmagan. Tog’am ham bir kun ular yarashib ketar deb bizlarni onamga olib bermagan. Bizlar ham onam bilan yashashni istamaganmiz. Onajonim kelinni va ukalaringni olib kel dedilar. Albatta olib kelaman dedim. Men onajonimdan meni kechirishini so’radim. Mehribonim seni ko’rib men hammasini unutdim dedilar. Men ular bilan xayrlashib uyga keldim. Bu haqida hech kimga aytmadim. O’gay onam bilib qolsa janjal ko’tarishini bilar edim. Bir kuni kelinini ko’rsatgani sovg’a-salomlar bilan yashirincha onamni oldiga olib keldim. Kelinini ko’rgan onajonimning ko’zlari sevinch yoshlari bilan to’ldi. Onaizorim uzoq duo qildilar. Allohdan farzandli bo’lishimizni so’radilar va baxt tiladilar. Onam duosi ijobat bo’lib qiz farzandli bo’ldim. Onaning duosi qanchalik ulug’ bo’lishini shunda tushunib yetdim. Onamni ko’rgani kelib turdim. Bir kuni onam bilan xayrlarishib ketar ekanman yana kelasanmi dedilar. Xa kelaman dedim. Onajonim ozib ketgan, nursizgina ko’zlari bilan menga uzoq vaqt tikilib qaradilar. Dard ancha yengib qo’ygan edi. Oyoq qo’llari shishgan, zo’rg’a uyga kirib chiqar edi. Bir kuni uzoq safarda edim. Onam telefon qildilar. O’g’lim bir kelmaysanmi, seni sog’indim dedilar. Aprelga boraman dedim. Sen kelganingda men bo’lmayman dedilar. Shu gapdan ham men onamni ahvolini tushunmabman.
Meni kuta-kuta dunyodan o’tibdilar. Men zo’rg’a onamning marziyasiga yetib keldim. Beg’ubor onajonim meni qanchalar kutgan. Onamni bag’rimga bosdim. Ko’zlari ochiq holda yotar edi. Ko’zlarini silab sekingina yopdim. Alamli iztiroblar yuragimni tirnar, armonlarining son sonog’I yo’q edi. Buvim, ammam, amakim va o’gay onamtufayli singillarimni ham onamga olib kelib ko’rsata olmadim. Afsuslar bo’lsinki endi kech. Onajonim sog’inch ila bu dunyoni tark etdi. Joyingiz jaannatda bo’lsin. Sizga tuxmat qilganlar Alloh oldida o’z jazolarini olishar. Otaxon bu gaplarni eshitib yig’lab yubordilar. Men bu voqeani otaxonga aytib juda ta’sirlandim. Shu haqida yozsam Xurshidbekdek armonlarda qolmasin deya, kimlargadir foydasi tegar degan umitda ushbu hikoyani yozdim. Ismlarini o’zgartirib yozganim uchun sizlardan uzr so’rayman.
Muhtaram azizlar! Umrimiz sanoqli yillar kunlardan iborat…….. Vaqti soati yetib, hammamiz Allohga omonatini topshiramiz. Keling shu to’rt kunlik hayotimizni birovlarga malomat toshlarini otish, ta’na qilish g’iybat bo’xton tuxmatlar to’qish, fitnalar uyushtirish o’rniga ezgu ishlarga sarflaylik. Shoyat qilgan yaxshiliklarimiz oxiratimizga zahira bo’lsin.
Iloho, o’zimiz ham farzand-zurriyotlarimizga ham mehribon Parvardigorimiz buyurgan, janob Payg’ambarimiz Sallollohu alayhi va sallam tavsiya etgan, o’tgan ajdodlarimizning ruhlari shod bo’ladigan, xalqimiz xursand bo’ladigan, ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan saodat yo‘llaridan yurishni nasib aylagin!
‘‘Chechak ota ’‘MFY otinoyisi Zamira Umirzoqova