Ne'matlar zikri-shukrdir!

17-05-2023, 00:18 admin Мақолалар 454

Ne'matlar zikri-shukrdir!

Alloh taolo insonni mukarram qilib yaratdi, unga sanoqsiz ne’matlarni, tugalmas yaxshiliklarni ato qildi. Bu ne’mat va yaxshiliklar bilan uni boshqa yaratilganlardan afzal qildi. Agar bandalar shukr qilsalar, ularga ne’matlarini ziyoda qilishini va’da qildi va itoat qilsalar bu ne’matlar davomiyligi va boqiyligini kafolatini berdi.
“Yana Rabbingiz e’lon qilgan (bu so‘zlar)ni eslangiz: «Qasamki, agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukrchilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir»” (“Ibrohim” surasi, 7-oyat).
Fuzayl ibn Iyoz: “Kim qalbi bilan Alloh taoloning ne’matlarini tanisa, tili bilan unga hamd aytsa, ne’matlarning faqat ziyodasini ko‘radi”,- degan.
Alloh taoloning bandalarga bergan ne’matlari zohiriy va botiniy, ochiq va yashirin, ma’lum va noma’lumdir.
narsalarni sizlarga bo‘yin sundirib qo‘yganini va sizlarga barcha zohiriy va botiniy (moddiy va ma’naviy) ne’matlarini komil berganini ko‘rmadingizmi?!”. (“Luqmon” surasi, 20-oyat)
Albatta, bu ne’matlar bizga ma’lumlari, biz bilmagan ne’matlar qancha. Ularning sanog‘iga sanab yetib bo‘lmaydi.
“Shuningdek, sizlarga barcha so‘ragan narsalaringizdan ato etdi. Agar Allohning ne’mat(lar)ini sanasangiz, sanog‘iga yeta olmaysiz. Haqiqatan, inson (o‘ziga) o‘ta zolim va (Rabbiga) juda noshukrdir”. (“Ibrohim” surasi, 34-oyat)
Shukrning yana bir ifodasi ne’matlarni til bilan gapirishdir.
Biz e’tibor qaratadigan yana bir jihat borki, bu har qanday ne’mat bandani Alloh taologa yaqinlashtirmasa, u uning uchun balo va ofat bo‘lishidir. Shukr esa barcha mavjud ne’matlarni saqlovchisidir va yo‘q ne’matlarni jalb qiluvchisidir. Ali Ibn Abu Tolib r.a.: “Ne’mat shukrga, shukr esa ziyodalikka bog‘langandir. Shukr kesilmaguncha ziyodalik kesilmaydi. Ya’ni, kimki shukr bilan rizqlangan bo‘lsa, ziyodalik bilan rizqlanibdi”, deganlar.
Alloh barchamizni ne’matlari shukrida shokirlardan, o‘zi yaxshi ko‘rgan va o‘zi rozi bo‘lgan bandalardan qilsin. Solih bandalar uchun tayyorlab qo‘yilgan, ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan, biror insonning ko‘ngliga kelmagan ne’matlarni nasib etsin.
Tomdi tuman bosh imom xatibi:

Qo'ldashev Nurali Eshmamatovich
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш