Farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni

12-10-2024, 11:30 admin Мақолалар 86

Farzand tarbiyasida ota-onaning o‘rni
Farzandga yaxshi tarbiya berish ota-onaning asosiy mas’uliyatli vazifalaridan biridir. Bu borada ular har qadamda mas’uliyat bilan yondashmog‘i lozim. Kelajakdagi yo‘li ravon bo‘lishini istagan har bir ota-onalar sarflaydigan vaqtini va harakatini ertaning buyuk insonlari bo‘lgan farzandlarini ulg‘aytirish uchun sarflashlari lozim. Farzand kamoloti uchun sarflangan har bir daqiqa ertangi farovon hayot uchun tamal toshi bo‘ladi desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Agar ota-ona vaqtida farzandiga e’tibor qaratmasa, uning kelajagi uchun qayg‘urmasa, keyinchalik afsus – nadomat bilan yashashi muqarrar. Bu kelajakda muammolarni yuzaga chiqarishi mumkin. O‘sha vaqtda esa muammolarni hal qilishga kech bo‘lishi mumkin. Shunday ekan, farzandining taqdiri uchun e’tiborli bo‘lib, uning xulqi, tarbiyasiga va ilm olishiga befarq bo‘lmaslik lozim.
Xalqimizda “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan naql bejizga aytilmagan. Har bir ota-ona o‘z farzandi uchun ko‘zgudir. Ularning muomala va munosabati, o‘zini tutishi farzandiga bo‘lgan e’tibori alohida ahamiyatga ega. Buyuk mutafakkir shoirimiz Alisher Navoiy farzand tarbiyasi xususida shunday deydi: “Yosh bolaga nisbatan eng zarur ish bilki, uni kichkinaligidan parvarish qilishdir. Qatrani sadaf tarbiya qilgani uchun odamlarning boshiga chiqib sharaf topdi. Tarbiyaning yana biri bo’laga ilm-u adab o‘rgatish uchun muallim chaqirishdir. O‘g‘ling bilimsizligicha qolib ketsa, ajab kamchilik bo‘ladi. Unga sening shafqat qilishing foydalidir, lekin buning ortiqchasi zarardir”. Bu fikrlar orqali qattiqqo‘llik va shafqatning me’yorda bo‘lishini bilish mumkin.
Bandalarining halol va pok yashashini ko‘zlab, ular foydasiga “Alloh sizlar uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratib, juftlaringizdan sizlar uchun o‘g‘illar va nabiralar paydo qildi va sizlarni pok narsalardan rizqlantiradi…” degan oyati karimani nozil qilgan, marhamati cheksiz Alloh taologa beadad hamdu sanolar bo‘lsin!Bashariyat hidoyatchisi, insoniyat muallimi, ulug‘ murabbiy, namunali oila boshlig‘i, ummatning haq yo‘lda barqaror bo‘lishida beqiyos hissa qo‘shgan va: “Uylaninglar, ko‘payishinglar, chunki men qiyomat kunida ummatimning ko‘pligi bilan faxrlanaman”, deb marhamat etgan zot Rasulullohga (sollallohu alayhi va sallam) cheksiz salavotlar bo‘lsin!
Muqaddas dinimiz ta’limotida farzand Alloh taolo insonga bergan eng ulug‘ ne’matlardan bo‘lishi barobarida, u omonat hamdir. Bu buyuk ne’matga sazovor bo‘lgan ota-onalar uning qadriga yetishlari, shukrlar aytib, farzand oldidagi ota-onalik burchlarini puxta ado etishlari, ya’ni, unga chiroyli ism qo‘yishlari, yaxshi ta’lim-tarbiya berishlari va oxir-oqibatda Alloh roziligini topadigan, millati, Vatani, ota-onasiga munosib o‘g‘il-qiz, tengdoshlari hurmati va muhabbatini qozongan yetuk bir inson bo‘lishi borasidagi mas’uliyatli vazifalarini chin ixlos va sadoqat bilan ado etishlari lozim bo‘ladi.
Yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida oila qadriyatlarining tiklanishi va qarindoshlik munosabatlari, har bir oilaning iqtisodiy, madaniy, kasb-kor jihatdan ravnaq topishini anglatadi. Oila va oila muammolari hamisha davlatning diqqat-e’tibori va himoyasida bo‘lib kelmoqda. Jamiyat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi hujjat bo‘lgan Qomusimiz– Konstitutsiyamizda oila masalasiga ham alohida urg‘u berilgan. Konstitutsiyamizda: “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidur hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega”, deb yozilgan.
Oila – Vatan ichra bir mo‘jaz vatan. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek, “Avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan ma’naviyat qo‘rg‘oni bu – oiladir”. Bugungi kunda barchamizning nainki asosiy vazifamiz, balki insoniy burchimiz barkamol avlodni tarbiyalashdir. Shu bois ham mamlakatimizda barcha xayrli ishlar avvalo oilalarni mustahkamlash va yosh avlodning yorug‘ kelajagini ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Zero, oila sog‘lom ekan, jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan, mamlakat barqarordir. Farzand tarbiyasi ko‘p omillarga, avvalo, axloqiy-ma’naviy muhitga bog‘liqdir. Albatta bola tarbiyasi o‘ta murakkab va ma’suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma’lumotlardan boxabar bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlar, tibbiyot, etika, psixologiya, pedagogika kabi sohalariga oid bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir. Ushbu jarayonni boshqaruvchi inson onadir. Bu masalada otalarning o‘rni ham beqiyos, shunday bo‘lsada bolalarning kelajakda yetuk inson bo‘lishi, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi va hayotda o‘z o‘rnini ko‘ra olishi onalarning tarbiya masalasiga qay darajada yondashishiga bog‘liqdir. Farzand tug‘lishi bilan birinchi emotsional muloqot qiluvchi insoni onasidir. Bolalar tug‘ilgandan so‘ng, dunyoni onasining unga bo‘lgan munosabati orqali taniy boshlaydi. Onalar qanchalik bolasiga mehribon bo‘lar ekan, bolaning dunyoga bo‘lgan ishonchi ortib boradi. Bola chaqaloq davridan ona mehriga yetarlicha qoniqmas ekan, katta bo‘lganda dunyoga bo‘lgan munosabatida, o‘ziga beradigan bahosida, odamlarga bo‘lgan ishonchida noqisliklar bo‘ladi. Chunki ona mehri eng avvalo chaqaloqqa xavfsizlik hissini beradi. Bu emotsional bog‘lanish bolaning hayoti davomida eng muhim omil hisoblanadi. Bolalarimizga ijtimoiy ahloq normalarni o‘rgatib borar ekanmiz, o‘zimiz qanchalik bu kundalik axloqiy normalarga, dinimiz ta’limotiga qay darajada amal qilishimiz tarbiya ta’sirida muhim omil hisoblanadi. Onalarning dunyoqarashi, tarbiya olganlik darajasi, insoniy xislatlari, oiladagi o‘rni, atrofdagilar bilan muloqot qila olish fazilatlari farzandlariga berayotgan tarbiyalarida yanada namoyon bo‘ladi. Onaning ruhiy holatida notinchlik, bezovtalik, xavotir, qo‘rquv, odamlarga bo‘lgan ishonchsizlik, hamda o‘ziga bo‘lgan ishonchning pastligi, janjalkashlik, jamiyatdagi ijtimoiy normalarga rioya qilmaslik kabi salbiy xislatlar bo‘lsa, bunday onalarning farzandlari fe’l atvorida ham shu kabi xislatlar namoyon bo‘lish ehtimoli yuqoridir. Bolalar o‘sib borar ekan, ularning ruhiy va aqliy xislatlarida o‘zgarishlar bo‘lib boradi. Bu o‘zgarishlarni to‘g‘ri yo‘lga burish, ularga vaqtida e’tibor berish asosan onalarning burchidir. Shuningdek, onalar ham o‘z ustilarida ishlashlari, dunyoqarashlarini kengayishiga harakat qilishlari, bolalar tarbiyasiga taalluqli adabiyotlar bilan tanishishlari, o‘zlari o‘rganayotgan tarbiya masalalariga oid ko‘rsatmalarni eng avvalo o‘zlarida tadbiq qilishlari lozim. Onalarning o‘zlarida shariatimiz talablariga, ijtimoiy axloq normalariga amal qilish bo‘lmas ekan, farzandlarning yetuk, ilmli, axloqli inson bo‘lishi dargumondir. Onalar o‘z odatlari bilan o‘zlari sezmagan holda katta ta’sir qiladilar. Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xatti-harakat bola tarbiyasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi.Abdulla Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” kitobida bunday keltiradi: “Alloh taolo insonlarni asl xilqatda iste’dod va qobiliyatli, yaxshi bilan yomonni, foyda bilan zararni, oq bilan qorani ajratadigan qilib yaratgan. Lekin insondagi bu qobiliyatni kamolga yetkazish tarbiya bilan bo‘lur. Qush uyasida ko‘rganini qilar”.
Oilada ma’naviy-ruhiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Oila sog‘lom, yetuk farzandni ulg‘aytirib kamol toptirishda mas’uldir. Farzandni sog‘lom, yetuk, bilimli, shijoatli qilib voyaga yetkazish oilaga, ota-onaga bog‘liqdir.
Farzand tarbiyasida ota – onaning roli bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.Zeroki yaxshi farzand ota-onaning yuzi, vatanning or-nomusidir. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, har bir ota-ona bolasiga vaqt ajratib, uning ilm olishi, tarbiyasi uchun mas’uliyatni his qilmog’i lozim. Go’zal odob-axloq, chiroyli ilm farzandni bezabgina qolmasdan, balki jannatda ota-onaning boshiga toj ham kiydiradi.


“Binokor” MFY Barnayeva Tursunoyскачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш