FARZAND TARBIYASIDA OTA-ONALAR TOMONIDAN DOIMIY NAZORATNING AHAMIYATI
Oila va oila muammolari hamisha davlatning diqqat e’tibori va himoyasida bo‘lib kelmoqda. Bolalarning xulq atvoridagi xatolar ota-onalarning xatolaridir. Oila, oila a’zolarining, ayniqsa ota-onaning axloqiy-ma’naviy yetukligi va ma’rifiy qarashlari farzand tarbiyasi va kamolida eng zarur va muhim omillaridan biri hisoblanadi. Oila bolalarni kelajakdagi er-xotinlik, shuningdek oilaviy hayotiga tayyorlovchi maktabdir. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida o‘zlarining burch va ma’suliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Oilada ruhiy xotirjamlik, samimiy munosabat, ota-ona obro‘sining yuqori bo‘lishi, bolalarga talab qo‘yishda oila kattalari o‘rtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsiyatini tarbiyalashga alohida e’tibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qo‘yish, oilada qat’iy rejim va kun tartibini o‘rnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish, boladagi o‘zgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabuskorlik sifatlarini qo‘llab quvvatlash lozim boʻladi.
Farzandlarimiz ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tiborni o‘zligimiz va kelajakka bo‘lgan e’tibor deb bilib, yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularning sog‘lom o‘sishi, to‘g‘ri tarbiya hamda ta’lim olishini ta’minlash barchamizning burchimizdir. Oila-jamiyatning tayanchi. Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, yashab turgan mahallada shakllanadi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo‘lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o‘sib unayotgan bolalarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi.
Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har bir harakati, yurish turishi, muomalasi, boshqalar bilan o‘zaro munosabatida oliyjanob fazilatlarni namoyon eta bilishi kerak. Chunki bola tabiatan nihoyatda taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladi. Shuning uchun uning atrofdagilari o‘z odatlari bilan ba’zan o‘zlari sezmagan holda ularga ta’sir qiladilar.
Oiladagi qo‘pol munosabatlar, ko‘p yolg‘on gapirish, yoqimsiz xatti harakat bola tarbiasiga salbiy ta’sir qiladigan nosog‘lom muhitni keltirib chiqaradi. Farzand tarbiyasida ota-onaning muomalasi muhim o‘rin tutadi. Bola ota-ona tomonidan qo‘pol, dag‘al so‘zlar eshitib, kaltak yeb katta bo‘lsa, bu uning tabiatiga salbiy ta’sir qiladi. Bu esa o‘z navbatida oiladagi nosog‘lom muhitda tarbiyalanayotgan boladan maʼnaviyati past insonlar shakllanadi. Ular esa jamiyat ma’naviyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Albatta bola tarbiyasi o‘ta murakkab va ma’suliyatlidir. Bu har bir ota-onadan o‘z ustida muntazam ishlashni, bolalar tarbiyasiga oid barcha ma’lumotlardan baxobar bo‘lib borishni talab etadi. Farzand tarbiyasi bu shunchaki tajriba, oddiy ko‘rsatma va bilimlar jamlanmasi emas, balki o‘z ichiga diniy-axloqiy bilimlarni ham qamrab oladigan murakkab jarayondir.
Ota-onalar bola tarbiyasiga turlicha yondashadilar. 1-toifaga kiruvchi ota-onalar bolaga nisbatan e’tiborsiz bo‘lib, bolaning yoshligidanoq unga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar. Ko‘pgina hollarda bunday toifaga kiruvchi ota-onalar, bolani o‘z holiga tashlab qo‘yadilar, bunday farzandlar ko‘pincha o‘zlarini hech kimga keraksizdek his qilishadi. 2-toifadagi ota-onalar, farzand tarbiyasida mehr va xayrixohlik ko‘rsatishga kam e’tibor qaratishadi. Ular bola tarbiyasida ko‘proq tartib - intizom, qattiqqo‘llikka e’tibor qaratadilar. Farzand bilan do‘stona munosabatda bo‘lish, dildan suhbatlashish, uni tushunish, o‘zining qiziqishlari to‘g‘risida gapirishdan ko‘ra, ko‘proq o‘z qiziqishlari va xohishistaklari asosida ish yuritadilar. Ularning fikricha tarbiyaning bunday usuli bolani «haqiqiy inson» sifatida tarbiyalaydi. Bu toifadagi ota-onalarni atrofdagilarning farzandlari to‘g‘risidagi fikrlari qiziqtiradi, bu esa o‘z-o‘zidan bolani ko‘ngli qolishiga, bolada ichki zo‘riqishni paydo bo‘lishiga olib keladi. Ota va ona doim farzandi uchun hamma narsani hal qilishi, bolaning o‘zi mustaqil u yoki bu vazifalarni bajara olishiga ishonch va imkon bermaslik, uning irodasini, o‘ziga nisbatan ishonchini so‘ndirish, bolaga doim aytilgan vazifalarni bajaruvchi insondek qarash va ruhiy jihatdan bolani qo‘llab-quvvatlashning yo‘qligi bolani xudbin, jizzaki, asabiy yoki aksincha, passiv, o‘zini keraksiz insondek, yolg‘iz xis qilishiga olib keladi. Uchinchi toifadagi ota-onalar muntazam bolalari bilan muloqotda bo‘lib, ularning fikrlarini ham inobatga olishadi. Bunday ota-onalar o‘zlari qabul qilgan qarorlarini va tarbiya yo‘nalishlarini o‘zgartirishga hech ham cho‘chishmaydi, chunki, bolaning psixologik va fiziologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ish ko‘radilar. Tarbiya jarayonida bolaga bo‘lgan munosabatlarda yo‘l qo‘yilgan ayrim xatolar bola ulg‘aygan paytda, uning kelgusi hayotida jiddiy muammolarga aylanishi mumkin. Ota-onalarning bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlarining sayozligi natijasida ham ayrim muammo, qiyinchilik va tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin.
Gap shundaki, ota-onalar aksariyat hollarda tarbiya jarayonida farzandining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning qobiliyat, mayl va istaklarini yetarlicha hisobga olmaydilar. Ular ko‘pincha bola tarbiyasini o‘zlari o‘ylagan yo‘nalish asosida, ma’lum bir "qolip"ga moslab va ma’lum natijani ko‘zda tutib amalga oshiradilar. Nazarimda, ota-onaning vazifasi - boladagi ijobiy va salbiy tomonlarni qabul qilish bilan birga undagi afzal jihatlarni rag‘batlantirib borishdan iboratdir. Tarbiyani muvaffaqiyatli amalga oshirishning birdan bir yo‘li - bolani bilim bilangina emas, balki uni mehr bilan chin ko‘ngildan tarbiyalashdir. Yaxshi tarbiya bu yaxshi munosabat deganidir. Bu esa o‘z navbatida bolaning ko‘nglida nimalar kechayotganini his qila bilishni, uning xatti - harakatlari va namoyon etayotgan xulqining sabablarini to‘g‘ri tushunishni lozim. Tarbiya jarayonida bolaga bo‘lgan munosabatlarda yo‘l qo‘yilgan ayrim xatolar bola ulg‘aygan paytda uning kelgusi hayotida jiddiy muammoga aylanishi mumkin.
Shunday ekan tarbiyani ota-onalar tizimli ravishda mas’uliyatni his qilgan holda, bolaning yosh va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etishlari kerak. Buning uchun esa albatta ota-onaning o‘zi ham bu narsaga tayyor bo‘lishlari ya’ni farzandlari uchun “namuna” bo‘la olishlari lozim.
Karmana tumani"Uyrot "mfy otinohisi O.Axtamova.