DUO Dinimizda juda ko’p narsa duoga,niyatga bog’liq.
Duo-Alloh bilan odamzotni bir-biriga yaqinlashtiruvchi,insonning qalbini poklovchi,iymon-e’tiqodli qiluvchi,Allohga ixlosmand qiluvchi bir vosita.Duo qilishni odamzot xoh so’zdan,xoh amaldan bajarishi mumkin.Muhimi duo qilayotganda niyatni tog’ri va sof ado etish kerak.Allohdan chin dildan ixlos bilan so’ralgan duo albatta ijobat bo’ladi.Chunki Alloh taolo mehribon va buyuk zot.U bandalarini sevadi va har doim ularni qo’llab-quvvatlashga tayyor.U istaganimizdan ko’prog’ini bera oladi.
”Furqon”surasining 77-oyatida quyidagicha:”Ey,Muhammad mushriklarga ayting:agar duolaringiz bo’lmaganda,parvardigorim sizlarga parvo qilmas edi…”Shu yerdan ham tushunish mumkinki,inson Allohning ojiz bir bandasi,u yaratganga hamisha muhtoj.U Allohga yuzlanar ekan,Alloh ham unga doimo gunoh va xatolarini afv etishga tayyor.
Hayotiy bir voqea
“Afg’onistonlik Xasan Ma’ruf yetti yil farzand ko’rmadi.Yuragida nuqsoni borligi uchun,doimo Allohga ey Robbim naslimni davom etishimni kormasimdan jonimni olmagin,deb duo qilardi.Yettinchi yil u o’g’il farzand ko’rdi.Tug’ruqxonaga chaqaloqni ko’rgani shoshildi.O’g’lini ko’rib quvonchi ichiga sig’madi… Ma’ruf otalik baxtini his qilishga ulgurdi,ammo tug’ruqxonadan chiqishga ulgurmadi…Yurak xurujudan omonatini topshirdi… Ayolining ko’zlarida jiqqa yosh bilan aytgan so’nggi so’zlari tug’ruqxonani larzaga keltirdi “Armoningiz qolmadi begim,naslingiz davom etadi…!”
Xulosada shuni aytish mumkinki,Duoning sha’ni naqadar ulug’ligini,u qanchalik muhim ibodat ekanini anglash lozim Duoni,niyatni katta qiling.Istaganingizcha qiling.Eng muhimi Allohdan uni to’g’ri so’rang.Allohning himmati cheksiz va xazinasi tuganmasdir.
G’OZG’ON SHAHAR OTINOYISI
NUROVA NAIMA