Halol savdo-Kasblarning eng yaxshisi

13-06-2022, 23:26 admin Мақолалар 533

Halol savdo-Kasblarning eng yaxshisi

Mehribon va rahmli Alloh bandalariga halol kasb qilishni va haromdan qochishni amr etdi. Sevikli Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) halol kasb qilish va halol yashash yo‘llarini ummatlariga tushuntirib, o‘z hayotlarida amalga oshirib, ko‘rsatib berdilar.

Ma’lumki, inson hayotining aksar qismi moliyaviy muomala bilan va shunga doir muammolar ta’sirida o‘tadi. Chunki turmush shuni taqozo etadi. Agar moliyaviy muomala, oldi berdilar yo‘lga qo‘yilmasa, zaruriy qoidalar ishlab chiqilmasa, turmush qiyinlashib, odamlar orasida kelishmovchiliklar ko‘payib ketgan bo‘lardi.

Alloh taolo Qur’oni karimda muomalotning umumiy qoidalarini bayon qildi. Payg‘ambarimiz (alayhissalom) ularning tafsilotini tushuntirdilar. Musulmonlar namoz masalalarini nechog‘li o‘rgangan bo‘lsalar, savdo masalalarini ham shunchalik o‘rganishdi.

Rizq ikki qismga taqsimlanadi: halol rizq va harom rizq. Bunga dalil Baqara surasining 172 oyatidir: “Ey imon keltirganlar, Allohgagina ibodat qiluvchi bo‘lsangiz, sizlarga Biz rizq qilib bergan pokiza narsalardan yenglar va Unga shukr qilinglar!”

Bugungi kunda savdo kasbini tanlagan barcha mo'min musulmon birodarlarimiz savdolarida yolg'onlar aralashuvisiz halol savdo tarafdorlari bo'lib yurishliklarini Alloh taolo nasibu ro'zi aylasin, savdolariga, davlatlariga, umrlariga hayru barokatlarini yog'dirsin deb duoda bo'lamiz.



Tomdi tuman bosh imom xatibi: Qo'ldashev Nurali Eshmamatovich.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш