NIMA UCHUN BOMDOD NAMOZINING SUNNATINI HAM QAZOSI O‘QILADI?

2-03-2025, 12:54 admin Ислом олами / Савол-жавоб 129

SAVOL: Nima uchun Bomdod namozining sunnatini ham qazosi o‘qiladi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Fiqhiy kitoblarimizda bayon qilinishicha qazo bo‘lgan namozlarning sunnatlari o‘qilmaydi. Faqat bugungi bomdod namozining qazosini quyosh tikkaga kelgungacha o‘qigan kishi sunnatini ham farzi bilan birga qazo qilib o‘qiydi. Ammo quyosh tikkaga kelguncha bugungi bomdodning qazosi o‘qilmasa, bomdodni ham faqat farzi qazo qilinadi. Chunki Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday qilganlar. Bu haqda Abu Hurayra roziyallohu anhudan quyidagi hadis rivoyat qilingan:
عَرَّسْنَا مع نَبِيِّ اللهِ صَلَّى اللَّهُ عليه وسلَّمَ، فَلَمْ نَسْتَيْقِظْ حتَّى طَلَعَتِ الشَّمْسُ، فَقالَ النبيُّ صَلَّى اللَّهُ عليه وسلَّمَ: لِيَأْخُذْ كُلُّ رَجُلٍ برَأْسِ رَاحِلَتِهِ، فإنَّ هذا مَنْزِلٌ حَضَرَنَا فيه الشَّيْطَانُ، قالَ: فَفَعَلْنَا، ثُمَّ دَعَا بالمَاءِ فَتَوَضَّأَ، ثُمَّ سَجَدَ سَجْدَتَيْنِ، ثُمَّ أُقِيمَتِ الصَّلَاةُ فَصَلَّى الغَدَاةَ ( رواه الإمام مسلم)
ya’ni: "(Safarda) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan kechaning oxirida bir joyga dam olish uchun tushdik. (Qattiq charchaganimizdan) Quyosh chiqqan paytda uyg‘ondik. Shunda Rasululloh alayhissalom: "Hamma bu joydan boshqa joyga ko‘chsin! Chunki bu yerda shayton hozir bo‘ldi" dedilar. Biz shunday qildik. Keyin Rasululloh alayhissalom suv so‘radilar va tahorat qildilar. So‘ngra ikki rakat namoz o‘qidilar. Keyin takbir aytildi va Bomdod namozining farzini o‘qidilar" (Imom Muslim rivoyatlari).
Ulamolar ushbu rivoyatdagi "So‘ngra ikki rakat namoz o‘qidilar" jumlasini bomdodning sunnatini qazo qilib o‘qilishiga dalil qilganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари  Учқудуқ  туманида
Фуқароларни қабул қилиш куни
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Зарафшон шаҳри ва Томди  туманида.
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Канимех туманида
"Қосим Шайх" жоме масжидида рамазон ҳайити намози
РАМАЗОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш