QUR’ON TILOVATI, TASBEH VA SALOVAT HAQIDA

2-03-2025, 12:52 admin Ислом олами / Савол-жавоб 69

SAVOL: Hammamizga ma’lumki 3 vaqtda namoz o‘qib bo‘lmaydi: kun chiqayotganda, qiyom paytida va kun botayotganda. Mening savolim shuki bu hukm faqat namoz uchunmi yoki namozdan keyin o‘qiladigan tasbeh, salavot, Qur’on tilovati kabilar ham mumkin emasmi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Bu paytlarda namoz o‘qish, Qur’oni Karimdan sajda oyati o‘qilganda sajda qilish, janoza namozini shu vaqtga to‘g‘rilab o‘qish mumkin emas. Ammo shu kungi asr namozi kun botayotgan bo‘lsa ham ado etilaveradi.
Bu hukm namoz, tilovati sajda va janoza namoziga xos bo‘lib, bu vaqtlarda tasbeh, salavot aytish va Qur’on tilovat qilish mumkin.
عَنْ مُعَاذِ بْنِ أَنَسٍ الْجُهَنِيِّ: أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «مَنْ قَعَدَ فِى مُصَلَّاهُ حِينَ يَنْصَرِفُ مِنْ صَلَاةِ الصُّبْحِ حَتَّى يُسَبِّحَ رَكْعَتَيِ الضُّحَى، لَاَ يَقُولُ إِلَّا خَيْرًا، غُفِرَ لَهُ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ أَكْثَرَ مِنْ زَبَدِ الْبَحْرِ». رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ.
Mu’oz ibn Anas al-Juhaniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bomdod namozini o‘qib bo‘lganidan keyin namoz o‘qigan joyida to choshgoh namozini o‘qiguncha o‘tirsa, faqat yaxshilikdan boshqani gapirmagan bo‘lsa, uning xatolari agar dengiz ko‘pigidan ko‘p bo‘lsa ham mag‘firat qilinadi”, dedilar. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilgan.
Bu hadisdan ko‘rinib turibdiki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kishi bomdod namozini o‘qigandan so‘ng to choshgoh namozini o‘qiguncha yaxshilikdan boshqasini ya’ni zikr, tasbeh, istig‘for va Qur’on tilovatidan boshqasini gapirmasa gunohlari dengiz ko‘pigicha bo‘lsa ham kechirilishini xabarini bermoqdalar. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари  Учқудуқ  туманида
Фуқароларни қабул қилиш куни
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Зарафшон шаҳри ва Томди  туманида.
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Канимех туманида
"Қосим Шайх" жоме масжидида рамазон ҳайити намози
РАМАЗОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш