QUR’ONI KARIMGA NISBATAN EHTIROM

2-03-2025, 12:39 admin Ислом олами / Савол-жавоб 63

SAVOL: Qur’on kitobini kindikdan pastga tushirmaslik kerakmi?


JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Qur’oni Karim Allohning kalomidir. Unga taalluqli barcha ashyolarga ehtirom vojibdir. Shu e’tibordan, mus’haf muqaddas kitob sanaladi. Uni ulug‘lash Alloh taoloni ulug‘lash sirasiga kiradi.
Alloh taolo aytadi:
ذَلِكَ وَمَنْ يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِنْ تَقْوَى الْقُلُوبِ
(Gap) shudir. «Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, bu qalblarning taqvosidandir» ("Haj" surasi, 32-oyat).
«Allohning shiori» deganda U Zotni eslatadigan, anglatadigan narsa tushuniladi. Mus’haf Alloh taoloning shiorlaridan, balki eng ulug‘ shiorlaridan ekanida shubha yo‘q.
Imom Navaviy rahmatullohi alayh aytadi: «Mus’hafni hurmat qilish vojibligiga musulmonlar barcha zamonlarda ittifoq qilganlar».
Ulamolar mus’hafga nisbatan musulmon kishi rioya qilishi kerak bo‘lgan bir qancha odoblarni sanab shu qatorda shunday deyishgan:
Mus’hafni imkon qadar yuqori, ehtirom ko‘rinishiga zid bo‘lmagan tarzda tutish lozim. Tik turgan va o‘tirgan odam uni kindikdan quyi tutmasligi kerak. Mus’hafni quchoqqa qo‘yib o‘tirish, yerga qo‘yish ham odobga ziddir. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари  Учқудуқ  туманида
Фуқароларни қабул қилиш куни
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Зарафшон шаҳри ва Томди  туманида.
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Канимех туманида
"Қосим Шайх" жоме масжидида рамазон ҳайити намози
РАМАЗОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш