Islomda ehson tushunchasi .

13-12-2023, 17:22 admin Мақолалар 71

Islomda ehson tushunchasi .
Bismillahir roxmanir roxim.
- Islom dini – ehson dinidir. Ehson so‘zi yaxshilik qilish ma'nosini anglatadi. Bu – umumiy ma'noda keladi. Biz ehson deganda odamlarga dasturxon yozishni, xudoyi qilishni tushunib qolganmiz. Aslida, ehson barcha ishni go‘zal qilishdir. Alloh taolo Qur'oni karimning ko‘plab oyat-karimalarida mo‘min-musulmon bandalarini ehson qilishga, yaxshilik qilishga buyurgan.
Alloh taolo marhamat qiladi: “...va siz ehson qiling, Alloh taolo ehson qiluvchilarni yaxshi ko‘radi”. Yana bir oyatda: “Yaxshilik qiluvchilarga bu dunyoning o‘zida ham yaxshilik bor”, deyiladi. Alloh taoloning marhamatini qarang. Bu dunyoda bitta yaxshilik qilsak, oxiratda o‘ndan to yetti yuz barobargacha bo‘lgan yaxshilik bizni kutib turadi. U bandalariga ana shunday marhamati keng, mehribon zotdir.
Dunyoda nafas olib turibmiz ekan xayolimiz, fikrimiz va zikrimiz yaxshilik qilish bo‘lish kerak. Hadisi shariflarda shunday ma'nolar keladi: “Yaxshilik qilish qo‘lingdan kelmasa, hech bo‘lmaganda yomonlik qilma”. Ramazon oyi aynan ehson oyi hisoblanadi. Mo‘min-musulmon bandalar yaxshilikda musobaqa qiladigan oy hisoblanadi.
Xayr-ehson, muruvvat, odamlarga moddiy-ma'naviy foyda yetkazish masalasida dinimizda ta'limotlar to‘la. Payg‘ambarimiz (s.a.v): “Sadaqaning eng afzali – Ramazonda qilingan sadaqa”, deganlar. Hamyonimizdagi mol-davlat Alloh taolo bergan omonat. Bizniki deymizu, bizga nasib qiladimi, yo‘qmi uni Alloh biladi.
Miskinning, yordamga muhtoj odamni yaxshi ko‘rish go‘zal fazilat. Ulug‘larimizdan biri shunday deganlar: “Miskin, bechora odam boy, ehson qiluvchi odamni yaxshi ko‘rib qolsa, ajablanma. Agar teskarisi bo‘lib, boy odam bechora odamni yaxshi ko‘rib qolishligidan ajablan”. Alloh barchamizga yaxshi amallar qilishligimizni nasib etsin, - dedi.
Uchquduq tuman "Aytim" mfy otinoyisi M.Jabborova
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Муфтий ҳазрат Ислом олами уюшмаси Олий Кегашига аъзо бўлдилар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Отинойилар ва имом хатибларнинг фаолиятларидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш