Yetim bolalar jamiyatning eng himoyasiz qatlamlaridan biri bo‘lib, ular mehr va e’tiborga muhtoj.
Ijtimoiy muammolar – Giyohvandlik, ichkilikbozlik va oilaviy zo‘ravonlik tufayli ayrim bolalar ota-onasiz qolish holatlari jamiyatimizda ko’p uchraydi.
Hayotda turli baxtsiz hodisalar yoki og‘ir kasalliklar natijasida ota-onalar vafot etib, bolalar yetim qolishiga sabab bo’ladi
Xalqmizda “qushni ham uyi buzilmasin” degan gap bejizga emas. Norasida bolalar ota-onalar ajralish sababdan yetim qolib, mehr va e’tiborga muhtojdirlar. Aynan shu vaziyatdagi bolalarni psixologik-ruhiy qo’llab quvvatlash lozim. Ular na otasidan na onasidan to’liq mehrni his qilmaydilar va bunday mehrni jamiyatdan tashqari muhitdan izlashadi, qarabsizki ulardan “o’zining jirkanch maqsadida foydalanadigan kimsalar” paydo bo’la boshlaydi. So’ngra oq qorani farqiga bormaydigan bu bolalar-o’spirin bolajonlarga jismoniy va ruhiy tajovuzlar boshlanadi.
Mehr va e’tibor yetishmovchiligi – ota-onaning yo‘qligi ularning ruhiy rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi, ayniqsa moliyaviy qiyinchiliklar sabab yetim bolalar ko‘pincha moddiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lishadi.
Aynan shu sababdan, yetim bolalarga yordam berish jamiyatning burchlaridan biridir.
Alloh taolo qur’oni karimda yetimlarga mehribonlik qilish, ularga adolatli munosabatda bo‘lish haqida ko‘plab oyatlarda ta’kidlab o‘tgan. Quyida yetimlar haqidagi ba’zi muhim oyatlarni keltiraman:
“Yetimlarning moliga (ular voyaga yetgunlaricha) eng chiroyli tarzda (ular uchun foydali bo‘lgan holatda) yaqinlashingiz (foydalanishingiz) halol va joizdir.”
(Baqara surasi, 220-oyat)
“Bu oyatda yetimlarning mol-mulkiga zarar yetkazmaslik va faqat foydali ishlarda ishlatish lozimligi ta’kidlanadi.”
“Yetimlarning molini nohaq (zulm) bilan yeganlar, qorinlariga aslida o‘t yeyayotgan bo‘ladilar. Ular do‘zaxga kiradilar.”
(Niso surasi, 10-oyat)
Bu oyatda yetimlarning molini noo‘rin va adolatsiz tarzda yeyish qattiq gunoh ekanligi va bu ish do‘zax azobiga sabab bo‘lishi aytilmoqda.
Yetim bolalar jamiyatning bir qismi bo‘lib, ularning taqdiri har birimiz uchun ahamiyatli bo‘lishi kerak. Ularni e’tiborsiz qoldirmaslik, ularga mehr va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish har bir insonning burchidir. Faqat shundagina jamiyatimiz yanada mehribon va baxtiyor bo‘lishi mumkin.

Navoiy viloyati bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo’yicha
o’rinbosari G.Usmonova