Mahalla – ulug‘ qadriyatlarimizning beshigi

22-02-2024, 23:55 admin Мақолалар 175

Mahalla – ulug‘ qadriyatlarimizning beshigi
Insoniyat yaralibdiki, uning ma’naviy yuksalishiga beshik bo‘lgan, tarixi bir necha ming yillik tarixga borib taqaladigan, dunyoning barcha taraqqiyot bosqichlariga guvoh bo‘lgan, bag‘rida ham olis o‘tmish, ham bugungi tamaddun jarayonlarini namoyon etuvchi bir maskan bor.
Bu maskan, shubhasiz, mahalladir. Mahalla – xalq bilan mamlakat o‘rtasidagi ishonch ko‘prigi sifatida xizmat qiladigan, insonni jamiyatning bir qismi bo‘lishga o‘rgatadigan, uni bag‘rikenglik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalaydigan makondir. Jonajon diyorimizda mahallalar juda ko‘p bo‘lib, ularning o‘ziga xos nomlari bizga tarixdan so‘zlaydi. Chunki ularda xalqimizning uzoq va shonli tarixi, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti, madaniy merosi aks etadi.
Mana shunday buyuk qadriyatlar maskani bo‘lmish mahallalarga e’tibor davlatimiz rahbari tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan. Sharqqa xos madaniyatni o‘zida jamlagan mahallalarimiz nufuzini oshirish, mahalla orqali yurtimiz rivoji uchun xizmat qilish burchimizdir. Prezidentimiz o‘z nutqlarida “Biz faoliyatimizning birinchi kunlaridan hamma ishni mahallada, xalqimiz bilan birgalikda tashkil qilib kelyapmiz. Bu tizimni bosqichma-bosqich rivojlantirdik. Endi yana qo‘shimcha kuch, imkoniyatlar berilyapti. Bu ham vakolat, ham mas’uliyat degani. Mahallalar – davlatimizning eng katta zamini” deb ta’kidlaganlari ham bejizga emas. Chunki mahallalar tom ma’noda xalqning dardini yengil qiluvchi, ularning ishonchli makoniga aylanmoqda.
2023-yil 26-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mahallabay ishlash tizimini yanada kuchaytirish, mahalla “yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda bir qator vazifalar belgilangan edi. Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash uchun mahalla boshqaruv tizimini takomillashtirish va mahalla “yettiligi” faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Prezidentimizning 2023-yil 21-dekabrda “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, mahalla obodligini ta’minlash, “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish, mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sa’y-harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirish, mahallaning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, kambag‘al oilalarga ajratilayotgan byudjet mablag‘lari va boshqa mablag‘larning maqsadli va manzilli yo‘naltirilishini ta’minlash, mahallalarning moddiy-texnika ta’minotini yaxshilash, ularga ajratiladigan mablag‘larni markazlashgan tarzda taqsimlash, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, mahalla mas’ullarining malakasini oshirish, ularda zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari shakllanishiga ko‘maklashish vazifalari belgilab berilganligi ta’kidlandi. Mahallalarni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika, viloyat va tuman (shahar) kengashlari joriy etilishi, respublika kengashiga – Bosh vazir, hududiy kengashlarga esa hokimlar rahbarlik qilishi, kengashlar “mahalla yettiligi” qo‘ygan masalalarga yechim topishi, moliyaviy manbalarini hal qilib berishi alohida qayd etildi. Albatta, bu kabi aniq qo‘yilgan maqsad va vazifalar o‘z natijasini beradi. Chunki xalqimiz ishonadigan va suyanadigan eng birinchi maskan bu – mahalladir. Shu boisdan ham xalqimizga yanada ko‘proq xizmat qilish uchun mahalla xodimlari soni endilikda “beshlik” emas, “yettilik” tizimiga o‘tkazildi. Ta’kidlash lozimki, yangidan tashkil qilinayotgan bu tizimdagi ijtimoiy xodimning vazifasi og‘ir ahvolga tushib qolgan yoki shu ahvolga tushish ehtimoli bo‘lgan fuqarolar hamda oilalar bilan ishlaydi, ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ularga kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatishni, ko‘maklashishni tashkil qiladi.
Soliq inspektori esa soliq bilan bog‘liq bo‘lgan mahalla ishlarini yuritishda faol bo‘ladi, tadbirkorlarga soliq xizmatlarini ko‘rsatish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.
Ko‘rib turganimizdek, qabul qilinayotgan qaror yoki farmonlarning tub mohiyati xalqimizning yaxshi sharoitlarda yashashi, har bir insonning rivojlanishi uchun foydali bo‘lishga qaratilgandir. Zero, Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek, “Zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Mahallani joylarda muammolarni chinakam hal qiladigan institutga aylantirishimiz zarur. Yana tajriba orttiramiz, yana o‘zgartiramiz. Hayot bizni shunga majbur qilyapti. Hozirgi tahlikalarga yechim topamiz desak, bizning yagona yo‘limiz – mahalla, mahalla, mahalla va yana bir marta mahalla. Mahalla tizimi obro‘yini qancha ko‘tarsak, odamlar ishonadi, odamlar bizdan rozi bo‘ladi”. Bu ishlarga esa barchamiz mas’ulmiz.
 
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш