Muallimi soniy
Ahmad Hodiy Maqsudiy rohmatullohi alayhi qalamiga mansub, ushbu kitobning yozilganiga mana bir asrdan oshgan bo'lsa-da, hali hamon o'quvchilar orasida o'z ahamiyatini yo'qotmagan.Bu kitobning yozilish uslubi qanchalik sodda bo'lmasin, boshlang'ich ta'limni olayotgan o'quvchiga o'ziga yarasha qiyinchiligi bo'lishi tabiiy.Ayniqsa tolibi ilm ajam(arab bo'lmagan)millatiga mansub bo'lsa, harflarni maxrajidan chiqarishda qiyinchilikka uchraydi. Bunday holatda dars beruvchi ustozdan yetarlicha sabr- matonat,mahorat kerak bo'ladi.Ustozlarimizdan Alloh rozi bo'lsin! Ular bunday mashaqqatli vazifani faqatgina Alloh taoloning roziligi,rosululloh sollollohu alayhi va sallam va'da qilgan ulug' mukofot; oxirat azizligini istab qilishadi.
Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda.
Rosululloh sollollohu alayhi va sallom:" Sizlarning yaxshilaringiz Qur'onni o'rganib,uni o'rgatganlaringizdir", dedilar.
Hazrati Aliy roziyallohu anhu aytadilar: " Menga bir dona harf o'rgatgan kishining quliman.Xohlasa sotsin,xohlasa qullikdan ozod qilsin,xohlasa qul qilib ishlatsin.
Demak ustozni ulug'lash,ilmni,dinni ulug'lash ekan. Mavzuni aynan "Muallimu soniy" deb nomlaganimizdan maqsad, faqat shu kitobdan dars bergan ustozlarni ulug'lash emas.Balki bizga har qanday yaxshilikni o'rgatgan barcha ustozlarni hurmat qilish lozim.U ustoz maktabdagi boshlang'ich ustozlardan bo'ladimi, bizga tahorat qilish,nomoz o'qish, halol -xarom masalalarini o'rgatib,islom diniga muhabbatli bo'lishimizga sababchi bo'lgan,chekka qishloq yoki mahallamizdagi masjidning oddiy bir imomi bo'ladimi,shu kunga qadar bosqichma-bosqich yuksak darajaga,ilmga yetganimizgacha sababchi bo'lgan har bir ustozni xizmatlarini unutmasligimiz kerak. Bu narsalarga amal qilishni bizga dinimiz buyurdi,ustozlarimiz o'zlarining hayotlarida go'zal namuna bilan o'rgatdi.Mana necha yillardan beri ilm talabida yurar ekanmiz,madrasamizdagi ustozlarimizni o'zlariga dars bergan ustozlarini naqadar yuksaklarga ko'tarib maqtaganlariga guvohmiz.Vaholanki bu ustozlarimiz ilm borasida o'zlariga ilm bergan ustozlarining ko'pidan yuksak maqomlarga erishgan bo'lsalar-da,o'zlarini ulardan past tutadi.Ulardan qarzdor ekanligini e'tirof etadi.
Lekin ming afsuslar bo'lsin-ki,bugungi kun yoshlarida bunday axloq yildan yil kamayib bormoqda. Ilm olib bir oz ma'lumotga ega bo'lganlaridan keyin,o'zlarining uztozlariga ham boshqa ahli ilmlarga ham tanqid nazari bilan qarab ularni kamchiliklarini omma xalqga yoymoqda. Axir janobimiz,rosulimiz sollollohu alayhi va sallam " Mo'min mo'minning oynasidir"demaganmidi?..... Oynaning vazifasi shu-ki,unga qaraganning vasfini u qanday bo'lsa, shundayligicha faqat va faqat uning o'zigagina ko'rsatadi.Boshqalarga emas.
Yana ustozlarimizning nasihatlaridan: Ular bizga shunday deb duo qilishimizni o'rgatganlar; "Allohim bizga ustozlarimizning xato va kamchiliklarini ko'rsatma".
Xulosa o'rnida aytamanki, ustozlar,ahli ilmlar borasida bu tanqidlarimizdan ular xabar topib,kech bo'lmasdan tavba qilaylik.
So'zimiz oxirida Hazrat Alisher Navoiyning ushbu she'ri bilan yakunlaymiz.
Agar shogird shayxul- islom,qozidir,
Ustoz rozi bo'lsa keyin Xudo rozidir.
Navbahor tumani "Xon xo'ja eshon bobo"jome' masjidi imomi.
Raxmonberdiyev Abdug'affor domla
@beshrabotuz