Alla dunyoni tebratadi

1-02-2023, 19:30 admin Мақолалар 463

Alla dunyoni tebratadi
Oila muqaddas dargohdir. Unda biz va ablodlarimiz osib-ulgayamiz,dunyoni anglaymiz, manaviy kamol topamiz.Oila- mojaz,lekin eng ulug va asosiy vatandir.
Nikoh inson hayatidagi eng muhim burilish nuqtalaridan biri hisoblanadi. Yangi turmush qurgan kelin-kuyovning eng ezgu orzusi farzandli bolishdir.Ayniqsa, ular ilk farzandlarini nihoyatda intizorlik bilan kutishadi.Mana,nihoyat, ulug niyatlar royobga chiqdi.
Alloh taolo yosh oilaga farzandi arjumand ato etdi.
Farzandning tugilishi nafaqat uning ota-onasi, balki barcha qarindosh- uruglar, yaqinlar uchun ham chinakam quvonchli hodisadir.Shuning uchun u tugilgan zahoti Allohga maqtov va shukronalar aytib, bu haqda hammaga malum qilinadi. Boshqalar ota-onani yangi mehmon bilan qutlashadi,unga uzoq umr,soglik ofiyat va ezguliklar tilab duo qilishadi.Endi bu bolaning qanday inson bolib kamol topishidagi asosiy masuliyat,avvalo, ona song otaning zimmasiga tushadi.
Tarixdan malumki, yurtimizdan yetishib chiqqan barcha olim va ulamolarimiz,buyuk avliyolarimizning birinchi ustozi –ularning volidai muhtaramalari bolishgan.Bu motabar siymolar oz jigarbandlarini ,avvalo,tahoratli holda Alloh kalomi ,songra chiroyli allalar aytib,qalblari tola ezgu-niyatlar ila emizib voyaga etkazganlar.Natijada, butun dunyoga malum va mashhur allomalar yurtimiz sharafini koklarga kotargan Buxoriylar,Termiziylar, Amir Temurlar kamolga etgan.
Bugun-chi? Bugungi onalarimizni momolarimiz izdoshlari deya olamizmi?...
Milliy va diniy qadriyatlarimizdan ancha uzoqlashish, uning orniga Evropa madaniyatinung ayovsiz bostirib kelayotgani, ozligimizga tahdid solayotgani hammamizga malum va achinarli holdir. Kozimizni ochish vaqti keldi,chamamda…
Bolajak onalarimizga murajaat qilib aytmoqchimanki,avvalo, ozligimizga qaytaylik.Otmishdagi buyuk momolarimiz, onalarimizning ibratli hayotlarini organaylik.Ularga ergashib, farzandimiz dunyoga kelmasidan avval koplab manaviyatimizni yuksaltiruvchi kitoblar mutoala qilib dunyoqarashimizni kengaytiraylik.
Halol luqma ila taomlanib, halol yashaylik.
Farzandimiz dunyoga kelgan kundan boshlab ularning buyuk shaxslar bolib kamolga etishishlari uchun bor imkoniyatimizni ishga solib, tahoratli holda shirin allalar aytib,mehr berib ulgaytiraylik.
Ustozlarimizning fikricha,”Alla” aslida “Alloh” lafzidan kelib chiqqan bolib,davrlar otishi bilan ozgarib, “Alla” soziga aylanib qolgan.
Allaning yana bir muhim fazilati shuki,godak dunyo yuzini korib,onasi uni bagriga olishi bilanoq ona-bola ortasida ifodalashga til ojizlik qiladigan tabiiy iliqlik uygonadi va ularni mehr-muhabbat rishtalari chulgab oladi.Onada malum muddatda bolasiga mehr-muhabbati darajasi eng yuqori nuqtaga kotariladi. Ammo vaqt otishi bilan goyo ona farzandidan uzoqlashayotgandek bolaveradi. Shunda nima qilish kerak? Albatta alla aytishi kerak. Chunki allada Alloh zikri , Paygambarga salovatlar bor.Mana shularning ozi allaning naqadar ulugligini tasdiqlaydi.Chunki alla bilan ruhga nur, jismga quvvat kiradi.Ona- bola ortasida shunday bir yakdillik ruhi vujudga keladiki, bu hissiyotni na ona va na bola umr boyi vujudidan, konglidan chiqara olmaydi.
Buning mahsuli sifatida farzandda tan sogligi, aql tiniqligi, kongil pokligi, ota-onaga, yurtiga muhabbat tuygulari kabi komil insonga xos xususiyatlar jadallik bilan shakllana boshlaydi.Natijada godak Allohga,Paygambarimizga, eliga, yurtiga, xalqiga sodiq farzand bolib kamol topadi.
Shu sababli bugungi onalarimiz albatta alla aytishga etibor berib, uni kundalik hayotda qollasalar ulug hikmatlarga sazovor bolib, avlodlarimizdan yana Buxoriylar, Termiziylar, Temuriylar etishib chiqadi, in sha Alloh.

Zarafshon shahar “Navroz MFY otinoyisi S.Ahamiyatova
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
ЎМИ Навоий вилояти вакиллиги фаолиятидан лавҳалар
Диний билмларингиз қай даражада?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш