Dinni kimdan o'rganayapmiz
Bismillahir rohmanir rohiym
Alloh taolo oʻz kitoblari bilan va paygʻambarlari orqali vahiy tushurib insonlarni toʻgʻri yoʻlga boshlovchi va ularni oʻz yoʻli bilan Yaratuvchi zotni rizoligiga yetkazuvchi yoʻl bu dindir. Alloh taolo oʻz dinini farishtalar tomonidan insonlarga emas balki Rahmli va Qodir zotning oʻzi tanlab olgan bandalari tomonidan insonlarga yetkazildi. Ular esa Alloh taolo izni bilan paygʻambarlar deb atala boshlandi. Oxirgi paygʻambar Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam boʻldilar. Ul zot oʻz ummatlariga oʻzining haqq dini islomni ilm va meros qilib qoldirib ketdilar. Bu meros va ilm sohiblari esa Ulamo va olimlardir. Biz paygʻambarimiz meroslarini faqat ulamo va olimlardan oʻrganishimiz va ular koʻrsatgan yoʻlda yurishimiz zarur. Chunki yakka oʻzi oʻrgangan insoning ustozi shayton boʻladi. Ulamolar qanchadan qancha vaqtlarini ketkazib ilm olishadi, kechani kecha kunduzni kunduz demasdan ilm oʻrganishadi. Lekin hozirgi zamonda oʻzidan sohta ulamo yasab olgan bazi bir toifa insonlar oʻzlarini imom, olim ustozlardan ustun koʻrishadi, ular bilan bahslashishadi. Ularni aksar qismi Allohning kalomi boʻlmish Qurʼoni Karimni oʻqiy olishmaydi biron bir arabiy matnlarni tarjima qila olmagan hollarida oʻzlarini jamoatlariga imom boʻlgan ustozlarga behurmatliklar tufayli yosh avlod yoki oʻzlaridan keyin dinga qiziqayotgan insonlarga olimlarni yomon koʻrsatib ularga oʻz boshimchalik bilan diniy taʼlim bera boshlashadi. Yoshlar yaxshi diniy taʼlim olishmaganligi sababli oʻz diyorlariga, vatanlariga dinlariga hiyonat qila boshlashadi. Shu sababli dinni munosib insondan oʻrganishi zarurdir chunki asl mohiyatini tushunmagan inson hech qachon dinni toʻliq anglab yetib oʻzgalarga oʻrgata olmaydi.
Konimex tumani bosh imom xatibi: R.Yandashev.
@MixOta_Uz
@Yaasin_uz