"KAPYUSHONKA" KIYIB NAMOZ O‘QISA BO‘LADIMI?

26-02-2025, 23:27 admin --- 40

SAVOL: Hozirgi vaqtda ko‘p kiyimlarning bosh kiyimi ya’ni kapyushonka kiyib namoz o‘qisa bo‘ladimi?[center]
JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Hammamizga ma’lumki namozxon kishi namozda avratlarni berkitib turadigan, pokiza va insonning viqorini saqlab turadigan chiroyli va go‘zal kiyim kiyishi afzal hisoblanadi. Alloh subhanahu va taolo Qur’oni Karimda:
يَا بَنِي آَدَمَ خُذُوا زِينَتَكُمْ عِنْدَ كُلِّ مَسْجِدٍ
ya’ni: “Ey, Odam avlodi! Har bir masjid (namoz) oldidan ziynatlaringiz (pok kiyimlaringiz)ni (kiyib) olingiz!” (A’rof surasi, 31-oyat).
Demak, ana shu oyati karimaga binoan, go‘zal, chiroyli, kiyimlarni kiyib namoz o‘qish afzal ko‘rilgan.
Shuni ham unutmaslik kerakki namoz o‘qiyotgan paytda kiyimning shakli-shamoyiliga e’tibor uncha yo‘q, balki avratni to‘sishiga va pok bo‘lishiga alohida e’tibor berilgan. Shu e’tibordan “kapyushonka” kiyib namoz o‘qisa va namozning boshqa shartlari topilsa namoz to‘liq bo‘ladi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
скачать dle 11.0фильмы бесплатно

Мавзуга оид бошқа ўхшаш маълумотлар:

Шарҳ қўшиш

Машҳур янгиликлар
Фотолавҳалар
Навоий вилоят имомларининг сайёр семинари Канимех туманида
"Қосим Шайх" жоме масжидида рамазон ҳайити намози
РАМАЗОН ҲАЙИТИНГИЗ МУБОРАК
Фуқароларни қабул қилиш куни
Навоий вилоятида ҳам ифторлик дастурхонлари ёзилди
"Таровеҳ" намозларига ташриф буюрувчи фуқароларнинг хавфсизлиги ишончли таъминлаш
Жума намозига борасизми?

МАХСУС ИМКОНИЯТЛАР

КЎРИНИШ

A
A
A

ШРИФТ ЎЛЧАМИ

0% га катталаштириш