Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 1-bosqich talabalariga 1-dekabr ''Xalqaro OITSga qarshi kurash'' kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Viloyat narkologiya dispanseri vrachi K.K.Shoyimova, Viloyat IIB xodimi F.O'taganov, Institut xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi N.Tursunova, Viloyat OITSga qarshi kurash markazi xodimi S.J.Odilov, shahar faoliyat olib borayotgan katta psixolog Manzura Shopulatovna institut profilaktika xodimasi S.Hasanovalar so'zga chiqib, OITS kasalligi hamda uning salbiy oqibatlari haqida talaba yoshlarga ma'lumotlar berdilar, Viloyat bosh otinoyisi Umida Xolova qizlarimizning axloq-odobi, axloqsizlik oqibatlari va uning natijasida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlar, ularning jamiyatimizga, kelajagimizga ko‘rsatayotgan ta'siri tog‘risida batafsil xayotiy misollar bilan to‘xtalib o‘tdilar. O‘tkazilgan davra suxbati barchaga manzo‘r va qiziqarli bo‘ldi
ЎМИ Навоий вилоят вакиллиги